Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
MUSTAFOYEV ULUG‘BEK MAVLONOVICH

MUSTAFOYEV ULUG‘BEK MAVLONOVICH

“O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi Raisi
Telefon:
(0371)233-61-28
Faks:
(0371) 236-27-00
Elektron pochta: info@uzbekenergo.uz

1968 yil 14 avgustda tug‘ilgan.

1991 yilda Toshkent Xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan.

1991-1992 yy. - Sanoatqurilish bankining Jizzax viloyati X.Olimjon bo‘limida katta mutaxassis;

1992-1999 yy. -  O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Jizzax viloyati Bosh boshqarmasi rahbari;

1999-2000 yy. - O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Jizzax viloyati filiali boshlig‘i;

2000-2003 yy. -  O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Jizzax viloyati Bosh boshqarmasi boshlig‘i;

2003-2004 yy. -  O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Iqtisodiy tahlil departamenti direktori;

2004-2006 yy. -  O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Andijon viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i;

2006-2007 yy. -  O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi o‘rinbosari;

2007-2010 yy. -  Respublika aksiyadorlik-tijorat Sanoat-qurilish banki boshqaruvi Raisi;

2010-2016 yy. -  O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari;

2016-2017 yy. -  O’zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati Hokimining birinchi o‘rinbosari;

2017 yil 13 iyundan “O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi Raisi.


“O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisining lavozim majburiyatlari

“O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining “Elektr energiyasidan ratsional foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, “O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati Ustavi va boshqalarga tayanadi.

Elektr energetikasi va ko‘mir sanoatini rivojlantirish bo‘yicha konsepsiyalar va milliy dasturni ishlab chiqish masalalariga rahbarlik qiladi. Elektr energetikasi va ko‘mir sohasidagi ekspluatatsiya faoliyati, qurilish-montaj ishlab chiqarish, loyiha-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtiradi. “O’zbekenergo” AJ moliyaviy masalasini o‘ziga qonunchilik va “O’zbekenergo” AJ Ustavi tomonidan berilgan huquqlari chegarasida hal qiladi. “O’zbekenergo” AJning tashki iqtisodiy faoliyati ustidai nazoratni amalga oshiradi va qonunchilikda belgilangan tartibda yangi xalqaro iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yadi.


Du
Se
Cho
15:00 - 18:00
Pa
Ju
Sha
Ya
Qabuliga yozilish
MUBARAKSHIN  RUSLAN  GAZIZOVICH

MUBARAKSHIN RUSLAN GAZIZOVICH

“O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
Telefon:
99 0(71) 233-61-29
Faks:
99 0(71) 236-27-00
Elektron pochta: info@uzbekenergo.uz

1962 yili 12 noyabrda tug‘ilgan.

1991 yilda Toshkent Davlat Texnika universitetini tamomlagan.

1984-1985 yy. - Turkiston harbiy okrugi 67-aloqa bo‘limida operator

1985-1997 yy. - energiya birlashgan dispetcherlik markazida elektromonter

1997-1998 yy. - O’zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish Vazirligi yoqilg‘i ta’minoti va transport xizmatining yetakchi muhandisi

1998-2001 yy. - O’zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish Vazirligi yoqilg‘i ta’minoti va transport xizmati boshlig‘i muovini

2001-2002 yy. - «O’zbekenergo» davlat-aksiyadorlik kompaniyasining «O’zelektrtarmoq» unitar korxonasi yoqilg‘i-transport xizmatining boshlig‘i o‘rinbosari

2002-2011 yy. - «O’zbekenergo» davlat-aksiyadorlik kompaniyasining «O’zelektrtarmoq» unitar korxonasi yoqilg‘i-transport xizmatining boshlig‘i

2011-2017 yy. - «O’zbekenergo» aksiyadorlik jamiyatining «Toshkent issiqlik elektr markazi» aksiyadorlik jamiyati bosh direktori

2017 y. - h.v. - «O’zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari




“O'zbekenergo” AJ Boshqaruv raisining Birinchi o'rinbosari

Yangi energiya tejovchi uskunalar va ilg'or texnologiyalarni, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar hisobiga olingan uskunalar va texnologiyalarni joriy qilish asosida energiya hosil qilish samaradorligining oshishini va atrof-muhitga ko'rsatiladigan ekologik ta'sirni kamaytirishni ta'minlovchi chora-tadbirlar bajarilishiga qaratilgan ishlarga rahbarlik qiladi. Yangi texnikani yaratish va joriy qilish, shuningdek, katta hajmlarda elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun qayta tiklanuvchi noan'anaviy energiya manbalarini yaratish va joriy qilishga doir ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari o'tkazilishini nazorat qiladi.

Xorijiy mamlakatlar va kompaniyalar bilan qonunchilikda o'rnatilgan tartibda iqtisodiy, texnik, texnologik va investitsiya hamkorliklarini har tomonlama kengaytirish ishlarini amalga oshiradi.

MDH Elektr energetikasi Kengashi, Energetika Xartiyasi va boshqa xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar bilan qonunchilikda o'rnatilgan tartibda o'zaro aloqalarni amalga oshirishga doir ishlarni tashkil qiladi, shuningdek elektr stantsiyalari hamda issiqlik elektrmarkazlarini ekspluatatsiya qilish va energetika yoqilg'isi bilan ta'minlash ustidan operativ nazoratni amalga oshiradi.



Du
Se
08:00 - 11:00
Cho
Pa
Ju
Sha
Ya
Qabuliga yozilish
ANARBAYEV SIROJIDDIN MIXAYLOVICH

ANARBAYEV SIROJIDDIN MIXAYLOVICH

“O`zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi o`rinbosari
Telefon:
(0371) 236-61-23
Faks:
(0371) 236-27-00

1975 yili 30 mayda Toshkent viloyati Qibray tumanida tug‘ilgan.

1996 Toshkent avtomobil-yo‘llar institutining iqtisodchi-injener yo‘nalishini tugatgan.


Elektr energiyasi sohasidagi axborot va axborotni himoya qilishni ta'minlash. Huquqiy, tashkiliy va texnikaviy himoya qilish ishlarini tashkil etish. Binolar, inshootlar va jihozlarni qo`riqlashni ta`minlash.


Du
08:00 - 11:00
Se
Cho
Pa
Ju
Sha
Ya
Qabuliga yozilish
RAYIMOV RO’ZIQUL OBLOQULOVICH

RAYIMOV RO’ZIQUL OBLOQULOVICH

“O’zbekenergo” AJ boshqaruvi raisining o’rinbosari
Telefon:
998(71) 233-62-04
Faks:
998(71) 236-27-00
Elektron pochta: info@uzbekenergo.uz

1958 yili 14 iyunda tug'ilgan.

1985 yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan.

1976-1979 yy. "Buxoro" kolxozining texnik-elektrigi;

1979-1995 yy. Navoiy TET elektromontyori, bosh muhandisi, boshliq o'rinbosari, Navoiy ET ishlab chiqarish-texnik bo'limining boshlig'i.

1995-2001 yy. O'zR Energetika Vazirligi Navoiy elektr tarmoqlari direktori.

2001 yil may oyidan «O'zbekenergo» AJ boshqaruv raisining o'rinbosari.


“O'zbekenergo” AJ boshqaruv raisining elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish masalalari bo'yicha o'rinbosari

Yangi texnikaning joriy qilinishi, texnik qayta qurollantirish, elektr tarmoqlarini rekonstruktsiyalash va modernizatsiyalash, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, elektr tarmoqlari xo'jaligini zamonaviy uskunalar va ilg'or texnologiyalar asosida rekonstruktsiyalash hamda ishlab chiqarish jarayonini taraqqiy qildirish ishlariga rahbarlik qiladi.

Respublika aholisini elektr energiya bilan ta'minlanishi, energetika tizimini tartibga solish va muvofiqlashtirish ishlari bo'yicha rahbarlik qiladi.


Du
Se
Cho
Pa
Ju
08:00 - 11:00
Sha
Ya
Qabuliga yozilish
OBIDJONOV JAHONGIR OBIDJONOVICH

OBIDJONOV JAHONGIR OBIDJONOVICH

“O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv Raisining iqtisodiyot va moliya bo‘yicha o‘rinbosari
Telefon:
(0371) 236-34-28
Faks:
(0371) 236-27-00
Elektron pochta: info@uzbekenergo.uz

1976 yil 14 fevralda tug‘ilgan.

1998 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

2006 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.

1998-1999 yy. Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti aspiranti;

1999-2004 yy. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklariga litsenziya berish va ular faoliyatini tartibga solish departamenti moliyaviy hisobotlar bilan ishlash boshqarmasida mutaxassis va rahbar lavozimlarida;

2004-2007 yy. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki kredit axborot milliy instituti direktor o‘rinbosari;

2007-2017 yy. “O’zbekiston sanoat-qurilish banki” ochiq aksiyadorlik tijorat banki boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari;

2017 yil 15 iyundan “O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv Raisining iqtisodiyot va moliya bo’yicha o‘rinbosari.

«O’zbekenergo» AJ boshqaruv raisining moliya va iqtisod masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

«O’zbekenergo» AJning mehnat mahsuldorligini, ishlab chiqarish samaradorligi va rentabelligini oshirish, ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish, mehnat mahsuldorligi va ish haqining o‘sishini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy faoliyatini tashkil qilish va takomillashtirish ishlarini amalga oshiradi.

«O’zbekenergo» AJning moliyaviy xo‘jalik faoliyati, jamiyat korxonalarida statistika, moliyaviy va buxgalteriya hisobining tashkil etilishi monitoringini ta’minlash ishlarini tashkil qiladi. “O’zbekenergo” AJga tegishli mulk va jamiyatga ishonchli boshqaruvga topshirilgan davlat aksiyalari paketining samarali boshqarilishini ta’minlaydi.


Du
Se
Cho
Pa
08:00 - 11:00
Ju
Sha
Ya
Qabuliga yozilish
SHERALIYEV SHUXRAT GAFUROVICH

SHERALIYEV SHUXRAT GAFUROVICH

“O`zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi o`rinbosari
Telefon:
(0 71) 236-61-16
Faks:
(0371) 236-27-00

1981 yili tug‘ilgan.

2005 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiningtashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limini tugatgan.


Sanoatning istiqbol rivojlanishi, investitsiya loyihalarini amalga oshirish va kredit jamg'armalarini jalb qilish, strategik rivojlanishni boshqarish, tashqi iqtisodiy aloqalarni boshqarish va investitsiyalarni jalb qilish, investitsion loyihalarni boshqarish uchun mas'ul.


Du
Se
Cho
Pa
Ju
08:00 - 11:00
Sha
Ya
Qabuliga yozilish
Pak Xin Kyun

Pak Xin Kyun

“O`zbekenergo” AJning investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo`yicha Xalqaro maslahatchisi
Telefon:
Faks:
Elektron pochta:
Hozircha ma’lumot yo’q

Du
Se
Cho
Pa
Ju
Sha
Ya
Qabuliga yozilish

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech