Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
MUBARAKSHIN  RUSLAN  GAZIZOVICH
“O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
Telefon:
99 0(71) 233-61-29
Faks:
99 0(71) 236-27-00
Elektron pochta: info@uzbekenergo.uz

1962 yili 12 noyabrda tug‘ilgan.

1991 yilda Toshkent Davlat Texnika universitetini tamomlagan.

1984-1985 yy. - Turkiston harbiy okrugi 67-aloqa bo‘limida operator

1985-1997 yy. - energiya birlashgan dispetcherlik markazida elektromonter

1997-1998 yy. - O’zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish Vazirligi yoqilg‘i ta’minoti va transport xizmatining yetakchi muhandisi

1998-2001 yy. - O’zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish Vazirligi yoqilg‘i ta’minoti va transport xizmati boshlig‘i muovini

2001-2002 yy. - «O’zbekenergo» davlat-aksiyadorlik kompaniyasining «O’zelektrtarmoq» unitar korxonasi yoqilg‘i-transport xizmatining boshlig‘i o‘rinbosari

2002-2011 yy. - «O’zbekenergo» davlat-aksiyadorlik kompaniyasining «O’zelektrtarmoq» unitar korxonasi yoqilg‘i-transport xizmatining boshlig‘i

2011-2017 yy. - «O’zbekenergo» aksiyadorlik jamiyatining «Toshkent issiqlik elektr markazi» aksiyadorlik jamiyati bosh direktori

2017 y. - h.v. - «O’zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari


“O'zbekenergo” AJ Boshqaruv raisining Birinchi o'rinbosari

Yangi energiya tejovchi uskunalar va ilg'or texnologiyalarni, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar hisobiga olingan uskunalar va texnologiyalarni joriy qilish asosida energiya hosil qilish samaradorligining oshishini va atrof-muhitga ko'rsatiladigan ekologik ta'sirni kamaytirishni ta'minlovchi chora-tadbirlar bajarilishiga qaratilgan ishlarga rahbarlik qiladi. Yangi texnikani yaratish va joriy qilish, shuningdek, katta hajmlarda elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun qayta tiklanuvchi noan'anaviy energiya manbalarini yaratish va joriy qilishga doir ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari o'tkazilishini nazorat qiladi.

Xorijiy mamlakatlar va kompaniyalar bilan qonunchilikda o'rnatilgan tartibda iqtisodiy, texnik, texnologik va investitsiya hamkorliklarini har tomonlama kengaytirish ishlarini amalga oshiradi.

MDH Elektr energetikasi Kengashi, Energetika Xartiyasi va boshqa xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar bilan qonunchilikda o'rnatilgan tartibda o'zaro aloqalarni amalga oshirishga doir ishlarni tashkil qiladi, shuningdek elektr stantsiyalari hamda issiqlik elektrmarkazlarini ekspluatatsiya qilish va energetika yoqilg'isi bilan ta'minlash ustidan operativ nazoratni amalga oshiradi.

Du
Se
10:00 - 12:00
Cho
Pa
Ju
Sha
Ya
Qabuliga yozilish

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech