Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A


Rahbar:

Direktor
Аyhodjaev Sоbitho'ja Кulmatovich

E-mail:

cmes3@inbox.uz

Manzil:

100084, Toshkent shahri Yunusobod tumani Оsiyo ko’ch. 42


Telefon:

0371 236-68-23 0371 235-54-19

Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korhonalar elektr energiyasini ishlab chiqarishda havfsizlikni ta'minlashi va magistral elektr tarmoqlariga sifat ko’rsatkichlari davlat standartlariga mos bo’lgan elektr energiyasini yetkazib berishi shart.

100084,

Toshkent shahri Yunusobod tumani Оsiyo ko’ch. 42

Direktor

Аyhodjaev Sоbitho'ja Кulmatovich

Direktor muovini

Mirzayev Akmal Alimovich

0371

236-68-23

0371

235-54-19

cmes3@inbox.uz

seshanba 14.00- 17.00

payshanba 15.00 – 17.00



Markaziy magistral elektr tarmoqlari

qisqartirilgan nomi , «Uzelektrtarmoq» UK, Markaziy MET,

Manzili Toshkent shahar -84, Osiyo ko‘chasi, 42

Markaziy Magistral elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 2018/2019 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar:

Markaziy Magistral elektr tarmoqlari «O‘zelektrtarmoq» unitar korxonasi filiali hisoblanadi. Markaziy METning asosiy vazifalari elektr energiyasini hosil qiluvchi korxonalardan (Elektr stansiyalar) taqsimlovchi ya’ni hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga elektr energiyasini yuqori kuchlanishli magistral elektr uzatish tarmoqlari orqali uzatishdan iboratdir.

Markaziy MET lari Toshkent , Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida o‘z bo‘linmalariga ega. Markaziy METlari 500, 220, 110 va 35 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari (liniyalari), 110-500 kVlik podstansiyalariga ega.

2018 yilda barcha turdagi elektr qurilmalarida joriy va to‘liq ta’mirlash ishlari amalga oshirildi, shu jumladan: 105,89 km uzunlikdagi 220 - 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari to‘liq ta’mirlandi hamda 12178 km uzunlikdagi tarmoqlar ko‘rikdan o‘tkazildi. 110-220 kVli 15 dona moyli o‘chirgichlarda to‘liq va kuch transformatorlarda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 sentyabridagi PQ-32-84 sonli “Investitsion loyihalarni joriy etish choralari “ Jahon banki ishtirokida magistral tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” to‘g‘risidagi Qaroriga asosan Markaziy magistral elektr tarmoqlarining 6 ta 220 kV kuchlanishli podstansiyalaridagi jismonan va ma’nan eskirgan barcha elektr qurilmalarini yangi, zamonaviy jahon standartlari talablariga javob beradigan, xorijiy energotejamkor elektr qurilmalariga almashtirish “O‘zbekenergo” AJ tomonidan tasdiqlangan dasturga kiritilgan.

Hozirgi kunda Jizzax viloyatidagi “Jizzax” va Toshkent shaxridagi “Qo‘yliq” podstansiyalaridagi 125 MVA quvvatga ega bo‘lgan kuch transformatorlarini 200 MVA quvvatli xorijda ishlab chiqarilgan zamonaviy transformatorlariga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu ishlarni samarasi tufayli yangi barpo etilayotgan ishlab chiqarish korxonalarini elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlari qondiriladi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 12 iyundagi 168 sonli «Ishlab chiqarish korxonalarining energiya samaradorligini oshirish» bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlari loyihasi to‘g‘risidagi» qaroriga asosan 500kV kuchlanishli «Toshkent» podstansiyasida 6 dona va 220kV kuchlanishli «Qo‘yliq» podstansiyasida 220-110-35 kVlik jami 36 dona havoli o‘chirgichlar zamonaviy Xitoy davlatining «Sieyuan Elektrik Co LTD» kompaniyasining elegazli o‘chirgichlariga almashtirildi. Hozirda 220 kVli “Chirchiq” podstansiyasida 220 kVli havoli o‘chirgichlarini zamonaviy elegazli o‘chirgichlariga almashtirish bo‘yicha qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyiha almashtirilayotgan elektr qurilmalaridan 18-20 yil mobaynida ta’mirlash ishlarisiz foydalanish imkoniyatlarini yaratishi bilan bir qatorda, korxona energoob’ektlarning ishonchli ishlashini ta’minlash bo‘yicha har yili bajariladigan ta’mirlash ishlari uchun ajratilayotgan harajatlarni keskin darajada kamayishiga, elektr qurilmalarining mustahkam va ishonchli ishlashini ta’minlashga hamda ishlab chiqarish jarayonidagi mavjud elektr energiya uchun texnologik sarflarning tejalishiga zamin bo‘ladi.

Quyidagi fotosuratlarda eskirgan elektr qurilmalarini yangi zamonaviy qurilmalariga almashtirilgan lavhalari aks ettirilgan:

















Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech