Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

main_uzbekenergo.jpg

        

        “O'zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati elektr energetika sohasida maxsus vakolatga ega bo'lgan organ bo'lib, yagona elektr energetika tizimining havfsiz, ishonchli ishlab turishini va iste'molchilarning elektr energiyasiga tobora ortib borayotgan ehtiyojlarini ta'minlovchisi deb hisoblanadi.

   “O'zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 22 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasi energetikasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish to'g'risida”gi PF-2812-sonli Farmoni xamda Vazirlar Maxkamasining 2001 yil 24 fevraldagi “O'zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 93-sonli Qarori asosida tashkil etilgan bo'lib, “O'zbekenergo” davlat aktsiyadorlik kompaniyasining huquqiy vorisidir.

         Jamiyat tarkibiga 54 ta korxona va tashkilot, shu jumladan 39 ta ochiq aksiyadorlik jamiyati, 11ta unitar korxona, 3 ta mas'uliyati cheklangan jamiyat va jamiyatning “Energosotish” filiali kiradi.

        O'zbekiston elektr stantsiyalarining o'rnatilgan quvvati 12,9 mln. kVt.dan ortadi va butun Markaziy Osiyo Birlashgan energetika tizimidagi ishlab chiqarish quvvatlarining deyarli 50 foizini tashkil etadi.

     “O'zbekenergo” AJ elektr energiyani respublikada asosiy ishlab chiqaruvchi va etkazib beruvchidir. Kompaniya tasarrufida bo'lmagan elektr stantsiyalarning quvvati 3,8% (475, 5 MVt) ni tashkil etadi.

       Mamlakat energetik havfsizligi, eksport majburiyatlar va elektr energiyaga tobora ortayotgan ehtiyojni qondirish uchun “O'zbekenergo” AJ elektr stantsiyalarining quvvati etarli. 2014 yili “O'zbekenergo” AJ elektr stantsiyalari 54,4 mlrd. kVt·soat elektr energiyasini ishlab chiqardi va 8,1 mln Gkal issiqlik energiyasini etkazib berdi.

         Respublika iste'molchilariga kafolatli elektr energiyaning 90% gacha bo'lgan xajmini, umumiy quvvati 11,0 mln. kVt·soat bo'lgan issiqlik elektr stantsiyalari ishlab chiqaradi. Bu stantsiyalar, O'zbekiston energetikasi tizimining asosi hisoblanadi.

       Elektr va issiqlik energiyalari ishlab chiqaruvchi IESlarning birlamchi energiya resurslarining tarkibida gaz yoqilg'isining ulushi - 93,3 %, mazut – 1,2 %, ko'mir – 5,2 % gachani tashkil etadi.

         Jamiyatning 1,4 mln. kVt quvvatga ega bo'lgan gidroelektr stantsiyalari kaskadlarga bo'linib, suv oqimida ishlaydi.

        “O'zbekenergo” AJ elektr tarmoqlarining uzunligi 250 ming km dan ziyod bo'lib, bu esa barcha iste'molchilarni markazlashtirilgan elektr ta'minot hududiga qamrab olish imkoniyatini yaratadi.

         Alohida ko'rsatib o'tish joizki, O'zbekiston energetika tizimi Markaziy Osiyo Birlashgan energetika tizimining o'rtasida joylashib, birlashgan energetik tizimining asosiy bo'g'ini hamda regionda elektr energiya va quvvat bozorining ilg'or (aktiv) qatnashchisi bo'lib qoladi.

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech