Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish energetik, ekologik, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek Respublika energetikasini barqaror rivojlantirish uchun zarur ekani shak-shubhasizdir. Tiklanadigan va yangi energiya manbalarini o‘zlashtirish kelgusi avlodlar uchun tabiiy boyliklarni saqlash, ekologiyani yaxshilashning zaruriy sharti hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish bo‘ycha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 01.03.2013 y. №PF-4512-sonli farmonini amalga oshirish doirasida yuqori texnologiyali ishlanmalarni ro‘yobga chiqarish maqsadida sanoat sohasida iqtisodiyotning turli sohalarida quyosh energetikasidan samarali foydalanish, shu jumladan maxsus materiallarni sintezlash va termik ishlov berishda foydalanish bilan bog‘liq amaliy izlanishlar olib borish uchun Toshkent shahrida Quyosh energiyasi xalqaro instituti tashkil etildi.

Samarqand viloyatida Osiyo taraqqiyot banki mablag‘larini jalb qilgan holda quvvati 100 MVtga teng bo‘lgan quyosh elektr stansiyasini qurish loyihasi amalga oshirilmoqda, stansiyani 2018 yilda ishga tushirish mo‘ljallangan bo‘lib, 2021 yilgacha Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida quvvati 100 MVtdan bo‘lgan fotoelektrik stansiyalarini qurish rejalashtirilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Koreya Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi chog‘ida (2014 yil 16-18 iyun) erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2014 yil 25 iyundagi №2192-sonli qarori doirasida Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirligi bilan O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi o‘rtasida imzolangan Namangan viloyatining Pop tumanida Koreyaning eng ilg‘or texnologiyalarini qo‘llagan holda quvvati 130 kVtga teng bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini sinov tariqasida qurish to‘g‘risidagi memorandum asosida Koreya tomonining grant mablag‘lari hisobiga zamonaviy fotoelektr stansiyasi qurildi. Stansiya uchun uskunalar Koreya Fotoelektr sanoati uyushmasi tarkibiga kiruvchi «Hanhwa», «JSPV», «S-Energy» va «TopSun», kompaniyalari tomonidan yetkazib berildi.

Respublikada shamol energetikasini rivojlantirish maqsadida Intec Gopa (Germaniya) kompaniyasi tomonidan GEO-NET bilan uyushgan holda mamlakatning shamol imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha loyiha-tadqiqot ishlari amalga oshirildi. O’rganish natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazilib, “O’zbekiston Respublikasining shamol energetikasi imkoniyatlarini rivojlantirishni baholash – mezomasshtabda modellashtirish va maydonlarni baholash” hisoboti taqdim etildi. Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatida shamol energetikasini yanada kengaytirish maqsadida katta imkoniyatlarga ega maydonlar tanlab olindi. Yaqin kelajakda quvvati 100 MVtdan ortiq bo‘lgan shamol stansiyasini barpo etish mo‘ljallangan.

Tiklanadigan energiya manbalarining har xil turlaridan foydalanish tajribasini to‘plash maqsadida “Sirdaryo IES” AJ , “Xorazm XETK” AJ, “Jizzax XETK” AJning chorvachilik komplekslarida ajralgan biogazdan komplekslarning o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish uchun biogaz qurilmalari ishga tushirildi. Bundan tashqari “Toshkent XETK” AJda yillik ishlab chiqarish quvvati 6,0 ming kub metrga teng bitta biogaz qurilmasini ishga tushirish masalasi o‘rganib chiqilmoqda.

Shuningdek “O’zbekenergo” AJ ishtirokida “Jizzax” EIZda issiq suv bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan quyosh kollektorlarini ishlab chiqarish bo‘yicha “Quyoshissiqlikenergiyasi” MChJ qo‘shma korxonasi tashkil etildi.

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech