Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“O'zbekenergo” AJning “Elektron xukumat” tizimidagi ishtiroki haqida

ma'lumot

Vazirlar Mahkamasining axborot tizimlari va axborot kommunikatsiyalari texnologiyalari masalalari bo'yicha axborot taxlil departamenti mudiri Sodiqov Sh. tomonidan tasdiqlangan «Elektr ta'minoti tarmoqlariga ulanish bilan boglik bo'lgan jarayonlarni elektron kurinishga o'tkazish va soddalashtirish chora-tadbirlar kompleksi»ga binoan ishlar olib borilmoqda. Ushbu chora-tadbirlar kompleksida elektr tarmoqlari loyihasini ishlab chiqish va qurish texnik shartlarini berish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni beruvchi barcha idoralarni yagona axborot tizimiga integratsiyalashuvi ko'zda tutilgan. “Elektron xukumat” tizmini rivojlantirish Markazi bilan hamkorlikda davlat xizmatlari interaktiv ko'rinishga o'tkazilmoqda, YaIDXPda ko'rsatilayotgan “Tadbirkorlik sub'ektlarini elektr tarmoqlariga ulanishi uchun arizalar berish” xizmati shular jumlasidandir.

Barcha xududiy elektr tarmoqlari korxonalarida tadbirkorlik sub'ektlarini elektr tarmoqlariga ulanishi bo'yicha texnik shartlarni olish, loyixa xujjatlarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va xulosa berish, montaj ishlarini olib borish, qabul qilish, ulash va elektr energiyasini etkazib berishga shartnoma tuzish xizmatlarini ko'rsatuvchi bo'limlar tashkil etilgan.

2013-2020 y.y.ga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini Kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo'yicha Respublika komissiyasi majlisining Bayonnomalari topshirig'ini bajarish uchun quyidagilar amalga oshirilgan:

Bayonnomaning 8-bandidagi ustuvor loyixalar ruyxatiga “Kommunal xo'jalik soxasida interaktiv xizmat ko'rsatish uchun e-kommunal.uz Yagona kommunal xizmatlar portali bilan integratsiyalashgan holda kommunal xizmat ko'rsatishni ta'minlovchilar billing tizimini yaratish” loyixasi kiritilgan.

“O'zbekenergo” AJning www.uzbekenergo.uz saytida Ye-kommunal va DESK.uz portallari orqali istemolchilarga “shaxsiy kabinet” xizmati ko'rsatilmokda. Bu orqali iste'molchilarga ularning xisob raqamlari holati bo'yicha ma'lumot olish xizmati yo'lga qo'yilgan. Bu xizmat KIS “Kommunal” bilan integratsiyalashga shay xolatda. Dasturiy ta'minotni kuzatib borish bo'yicha shartnoma asosida KIS “Kommunal” va e-kommunal bilan bog'lanish uchun kadastr rakamidan foydalanish taklif kilindi, buning uchun «Elektrxisob» DKida kadastr rakamini kiritish uchun joy ajratildi. Xozirda «Elektrxisob» DKda kadastr rakamini kiritish Yakkasaroy tumani bo'yicha amalga oshirildi.

“Elektron xukumat” tizimi doirasida “Kommunal” axborot tizimini yaratish va ma'lumotlar bazasini integratsiyalash bo'yicha “EnergoABTsozlash” FF xodimlaridan ishchi guruh tarkibiga mas'ul mutaxassislar tayinlandi.

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech