Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Energetika sohasining hozirgi holati va istiqboldagi rivojlanishi to‘g‘risida

“O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati O’zbekiston Respublikasidagi elektr energiyasini asosiy ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilardan biri hisoblanadi hamda respublika iqtisodiyoti va aholisini elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘liq qondiradi.

Bugungi rivojlanish bosqichida elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojni qondirish, mavjud elektr stansiyalar va tarmoqlarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, yuqori samarali energiya ishlab chiqarish texnologiyalari asosida yangi ishlab chiqarish ob’ektlarini qurish, elektr energiyasini hisobga olish tizimini takomillashtirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish hisobiga yonilg‘i-energetika resurslarini diversifikatsiyalash elektr energetika sohasining asosiy maqsadi hisoblanadi. 2021 yilgacha energetikani rivojlantirishning barcha sohalariga tegishli 52 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Respublika elektr energetikasi xaqli ravishda O’zbekiston iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari tarkibiga kiradi. U yirik ishlab chiqarish va ilmiy-texnik imkoniyati bilan iqtisodiyotning rivojlanishi va xalq farovonligiga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda.

“O’zbekenergo” AJ elektr energetika sohasidagi maxsus vakolatli organ bo‘lib, respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va aholisini markazlashtirilgan holda elektr energiyasi bilan ta’minlaydi, shuningdek respublikaning bir qator shaharlaridagi sanoat va kommunal-maishiy iste’molchilariga issiqlik energiyasini yetkazib beradi.

Ishlab chiqarish texnologik jarayonining, elektr energiyasini taqsimlash va iste’mol qilishning o‘ziga xosligi jamiyat tarkibiga kiruvchi elektr stansiyalar, magistral va taqsimlovchi elektr tarmoqlarini markazlashtirilgan holda boshqarishni saqlash zarurligini taqozo etadi.

2017 yilda elektr stansiyalarning o‘rnatilgan quvvati jami 14,1 mln.kVt dan ortiq bo‘lib, “O’zbekenergo” AJ tomonidan 13,6 mln.kVt elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.

2017 yilda respublika bo‘yicha 58,9 mlrd.kVt∙s elektr energiyasi ishlab chiqarilgan bo‘lib, bundan 52,14 mlrd.kVt∙s issiqlik elektr stansiyasi (IES) hissasiga to‘g‘ri keladi, shuningdek 7,3 mln.Gkal issiqlik energiyasi yetkazib berilgan.

Elektr energiyasini hosil qiluvchi korxonalardan umumiy uzunligi 8,8 mingdan ortiq bo‘lgan 220-500 kV quvvatli magistral elektr tarmoqlari orqali hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga elektr energiyasini yetkazib berish ishlari “O’zelektrtarmoq” unitar korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.

Elektr energiyasini respublika iste’molchilariga sotish har bir hududiy tuzilmada aksionerlik jamiyati sifatida faoliyat ko‘rsatuvchi 14 ta hududiy taqsimlash-sotish korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.

Korxonalar balansida umumiy uzunligi 226,2 ming kilometrdan ortiq elektr uzatish liniyalari va kuchlanishi 110 kV gacha bo‘lgan kichik stansiyalar mavjud.

Umumiy uzunligi 196 ming kilometrdan ortiq 0,4-6-10 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari eng keng tarqalgan bo‘lib, ular orqali elektr energiyasining ko‘p qismi respublika iste’molchilariga yetkazib beriladi.

“O’zbekenergo” AJ loyihalash, qurilish-montaj va sozlash ishlarini amalga oshiruvchi hamda elektr stansiyalari va tarmoqlarining asosiy va yordamchi uskunalarini ta’mirlash va ulardan foydalanish bilan shug‘ullanuvchi yagona ishlab chiqarish majmuasi hisoblanadi.

“O’zbekenergo” AJ da rivojlangan ishlab chiqarish bazasi va yuqori malakali xodimlarning mavjudligi, energetika sohasidagi qurilish ishlarini yuqori darajada olib borish imkonini beradi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekenergo” AJ da 2018 yildan 2021 yilgacha bo‘lgan davrda tarkibiy o‘zgarishlar, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiya qilish” bo‘yicha farmoniga muvofiq umumiy qiymati 11 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘lgan 52 ta, shu jumladan issiqlik energetikasida 25 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish nazarda tutilmoqda.

Issiqlik energiyasi sohasidagi tadbirlarni amalga oshirish bilan, energobloklarning foydali ish koeffitsiyenti 60 foizgacha yetadigan yuqori samarali bug‘-gaz va gaz-turbina qurilmalari asosida zamonaviy energiya ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish imkonini beradi.

Shuningdek, “O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatida, elektr energiyasini yetkazib berishni nazorat qilish va hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bilan respublikaning barcha hududida loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirishni nazarda tutadigan elektr energiyasini hisoblash tizimini modernizatsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Noan’anaviy qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish sohasida, Samarqand, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida quvvati 100 MVt dan bo‘lgan quyosh elektr stansiyalarini hamda Navoiy viloyatida quvvati 102 MVt ga teng shamol elektr stansiyasini qurish rejalashtirilgan.

Zamonaviy texnologiyalar va energiya tejovchi uskunalarni joriy etish bilan belgilangan dasturni amalga oshirish, elektr energiyasini yetkazib berish uchun maxsus yonilg‘ining solishtirma sarfini 10 foizgacha qisqartirish bilan elektr energiyasini ishlab chiqarish samaradorligini sezilarli darajada oshirish, yoqilg‘i energetika balansining diversifikatsiyasini qattiq yoqilg‘ining ulushini 2016 yildagi 5,2 foizdan 2021 yilda 7,1 foizgacha ko‘tarish bilan amalga oshirish va iste’molchilarning ortib borayotgan elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkonini beradi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech