Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“O’zbekenergo” AJning xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi

“O’zbekenergo” AJ O’zbekiston Respublikasida elektr energiyasini asosiy ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchisi bo`lib, respublika iqtisodiyoti va aholisining elektr energiyasida bo`lgan extiyojlarini to`liq qondiradi.

Iqtisodiyotni rivojlantirishning hozirgi bosqichida iste’molchilarning elektr energiyaga bo`lgan extiyojlarini to‘laqonli qondirish, mavjud elektr stansiyalari va tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, yuqori samarali ishlab chiqarish texnologiyalari asosida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini qurish, elektr energiyasini hisobga olish tizimini takomillashtirish, yoqilg‘i - energetika resurslarini qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish hisobiga diversifikatsiya qilish, energiya tejamkor va energiya samarador texnologiyalarni joriy qilish, ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish, energetika tizimi barqarorligini yanada oshirish elektr energetika sohasining asosiy maqsadi hisoblanadi.

Elektr energetikasi sohasini isloh qilish bo`yicha ko`rilayotgan chora-tadbirlar natijasida, Halqaro moliyaviy-iqtisodiy institutlari: Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Yaponiya halqaro hamkorlik agentligi (DJAYKA), XR Eskimbanki va b. O’zbekiston Respublikasidagi investitsion faoliyatning asosiy yo`nalishlaridan biri bo`lib kelmoqda.

2017 yilda, “O’zbekenergo” AJ tomonidan investitsiya dasturida belgilangan asosiy yo`nalishlar bo`yicha energetika tizimini to‘liq miqyosda barqarorligini oshirish maqsadida, podstansiya va elektr tarmoqlari, ishlab chiqarish quvvatlarini keng ko`lamli modernizatsiyalash va qurilish ishlari, halqaro moliya institutlarining zayom mablag‘larini jalb etgan holda olib borildi.

Investitsiya loyihasi doirasida quyidagilar amalga oshirilmoqda:

- “Navoiy IES”ni quvvati 450 MVtga ega bo`lgan ikkinchi bug‘-gaz qurilmasini qurish bilan kengaytirish” va “Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida quvvati 450 MVt ega bo‘lgan bug‘-gaz qurilmasi bilan yangi issiqlik elektr stansiyasini qurish” loyihalari bo‘yicha, tayyor holda topshirish sharti bilan, DJAYKA zayom mablag‘larini jalb etgan holda, “Mitsubishi Corporation” va “Mitsubishi Hitachi Power Systems, Ltd.”(Yaponiya) kompaniyasi konsorsiumi bilan shartnoma tuzildi.

- “Taxiatosh IES”da quvvati 230-280 MVtga ega bo`lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasini qurish” loyihasi bo‘yicha, tayyor holda topshirish sharti bilan, Osiyo taraqqiyot banki zayom mablag‘larini jalb etgan holda, “HYUNDAI Engineering Company Limited” va “Hyundai Engineering&Construction Company Ltd.” (Koreya) kompaniyalari konsorsiumi bilan shartnoma tuzildi.

- “Farg‘ona issiqlik elektr markazi va RK-3 shahar qozonxonasida yuqori samarador kogeneratsion gaz turbina texnologiyalarini joriy etish” loyihasi bo‘yicha, NEDO jamg‘arma mablag‘i hisobiga, uskunalarni yetkazib berish uchun bosh pudratchilar aniqlandi - “Kawasaki Heavy Industries Ltd” va “Marubeni Utility Services Ltd” (Yaponiya).

- “Taxiatosh IES - Xorazm podstansiyasi” - Sarimay (Xorazm viloyati) aholi yashash punktida 220 kVli elektr uzatish liniyasi qurilishi va magistral tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” loyihasi bo‘yicha Osiyo taraqqiyot va jahon banklari zayom mablag‘larini jalb etish yo`li bilan amalga oshirilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 noyabrdagi «Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-3384-sonli farmoniga asosan elektr xisoblagichlarini yetkazib beruvchi kompaniya «Sagemcom» (Fransiya) aniqlandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat tashriflari doirasida xorijiy mamlakatlar (Xitoy, Rossiya, AQSh, Koreya, Turkiya, Germaniya va boshqalar) bilan savdo-iqtisodiy, investitsiya va moliyaviy-texnik yo`nalishlarda ikki tomonlama «Yo`l xaritalari» tasdiqlandi.

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech