Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“O'zbekenergo” AJning investitsiya faoliyati to'g'risida

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 4 martdagi 4707-sonli farmoniga va Hukumatning boshqa qarorlariga muvofiq “O’zbekenergo” AJ bo‘yicha 62 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan:

- bug‘-gaz qurilmalari asosida elektr va issiqlik energiyasini birgalikda ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarini joriy qilish;

- elektr energiyasini uzatish uchun quvvati 220-500 kVli elektr uzatish liniyalari va tayanch nimstansiyalarini qurish;

- maishiy sektor iste’molchilarini zamonaviy elektron hisoblash uskunalari bilan ta’minlash, elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini tashkil etish bilan elektr energiyasidan foydalanishni hisoblash tizimini modernizatsiyalash.

Energetika tarmog‘ini keng miqiyosli isloh qilish va jadal rivojlantirish maqsadida xalqaro moliya institutlari va xorijiy hamkorlar bilan faol ish olib borilmoqda, natijada tarmoqqa ilg‘or chet el tajribasini hamda qo‘shimcha xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek zamonaviy yuqori samarali asbob-uskunalarni joriy qilish imkoniyati yaratilmoqda.

Respublika iste’molchilarini barqaror energiya bilan ta’minlash, shuningdek mahsulot chiqarishga energoresurslar solishtirma sarfini kamaytirish maqsadida 2016 yilda Tolimarjon IESda quvvati 450 MVtdan bo‘lgan yillik ishlab chiqarish quvvati 7 mlrd.kVt∙soatga teng bo‘lgan bug‘-gaz qurilmasi (BGQ) ning ikkita bloki foydalanishga topshirildi. Angren IESda yillik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 900,0 mln. kVt∙soatdan ortiq bo‘lgan 910,0 ming tonna yuqori kulchan ko‘mir yoquvchi quvvati 150 MVtga teng energoblok ishga tushirildi.

Navoiy IESni quvvati 450 MVtga teng ikkinchi bug‘-gaz qurilmasini qurish vositasida, Taxiatosh IESni umumiy quvvati 560 MVtga teng ikkita BGQni qurish vositasida kengaytirish bo‘yicha, Namangan viloyatida umumiy quvvati 900 MVtga teng yangi To‘raqo‘rg‘on IES qurish loyihasi bo‘yicha ishlari tez sur’atlar bilan davom etmoqda.

O’zbek-Yapon hamkorligi doirasida Yaponiya Hukumati mablag‘larini jalb qilish orqali energetika sektorini musahkamlash texnologiyalarini joriy etish uchun ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash bo‘yicha qator loyihalarni amalga oshirish maqsadida Toshkent shahrining Yunusobod tumanida quvvati 27 MVtga ega bo‘lgan bo‘lgan 4 ta BGQ qurish va Farg‘ona IESda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish rejalashtirilmoqda.

Respublika temir yo‘llarining yagona tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar doirasida “O’zbekenergo” AJ tomonidan tarmoqning o‘z mablag‘lari hisobidan Pop-Qo‘qon-Andijon va Navoiy-Konimex-Miskent temir yo‘llarini tashqi elektr quvvati bilan ta’minlash ob’ektlari qurilmoqda.

Bugungi kunda mamlakatning iqtisodiy manfaatlari, shuningdek energetika mustaqilligini ta’minlash zarurati boshqa energiya manbalari ulushini ko‘paytirish hisobiga yoqilg‘ini diversifikatsiyalash masalasini hal qilishni talab etmoqda.

Respublikamiz tiklanadigan energiya manbalarining (shamol, quyosh) katta zahiralariga ega va bu ularni yoqilg‘i-energetika balansiga jalb qilish maqsadga muvofiqligini belgilaydi. Respublikaning turli mintaqalari uchun quyoshning nur sochish vaqti yilda 2650 soatdan 3050 soatgacha bo‘lgan doirada o‘zgaradi. Quyosh nur taratishining yalpi potensiali yiliga 525 mlrd. kV∙soatdan 760 mlrd kVt∙soatgacha baholanmoqda. O’zbekiston shamol elektr energetikasining Yevropa kompaniyalari tomonidan baholangan tahminiy potensiali yiliga 1,0 trillion kVt∙soatdan ortiq elektr energiyasini ishlab chiqarish bilan 520 ming MVtdan ortiq belgilangan quvvatni tashkil etadi. Kelgusida 2021-yilgacha jami quvvati 402 MVtga teng va yiliga 830 mln. kVt∙soatgacha elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi Samarqand, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida 3 ta quyosh foto elektr stansiyasi va Navoiy viloyatida bitta shamol elektrstansiyasini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech