Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatida Yoshlar ittifoqi yetakchilar kengashi raisi va yo‘nalishlar koordinatorlari saylandi


14 avgust kuni “O’zbekenergo” AJda jamiyatning Yoshlar ittifoqi Kengashi a’zolari, bosh koordinator va yo‘nalishlar koordinatorlarini saylash bo‘yicha umumiy yig‘ilish o‘tkazildi. Unda “O’zbekenergo” AJ tizimidagi korxonalarda mehnat qilayotgan Yoshlar ittifoqi kengashlari faollari, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi mutaxassislari ishtirok etdilar.

Yoshlar – mamlakat, millat tayanchi. Mana shu g‘oya asosida yoshlarimizda Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini singdirish, millat, yurt sha’ni uchun sidqidildan kurasha oladigan insonlar sifatida kamol toptirish muhim masalalardan biridir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida"gi farmonida ham yoshlarning hayotda o‘z o‘rinlarini topishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ayniqsa, chekka hududlarda istiqomat qiluvchi yoshlarning iste’dod, iqtidorlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun keng yo‘l ochish, ularni yot va g‘arazli niyatlar ta’siridan saqlash masalalariga e’tibor qaratish zarurati alohida qayd etib o‘tilgan. Shu bilan bir qatorda, O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish ta’kidlangan.

O’tkazilgan yig‘ilishda ham ana shu dolzarb mavzular muhokama qilindi. Yig‘ilishida kun tartibiga qo‘yilgan asosiy masalalar “O’zbekenergo” AJ Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Yetakchilar kengashi to‘g‘risidagi” Nizomni tasdiqlash hamda yetakchilar raisi va yo‘nalishlar bo‘yicha koordinatorlarni saylash bo‘ldi. “O’zenergosozlash” UK yetakchi muhandisi Davron Rustamov Yetakchilar kengashi raisi etib saylandi. Tashkiliy va axborot-tahlil bo‘yicha koordinator vazifasiga “O’zenergoaxborot” ITAM maxsus muxbiri Faxriddin Nuraliyev saylangan bo‘lsa, Qo‘yi tizimlardagi boshlang‘ich tashkilotlariga uslubiy ko‘maklashishi bo‘yicha koordinator vazifasiga bir ovozdan “O’zelektrotarmoq” UK muhandisi Sarvar Usmonaliyev saylandi.

Tadbir davomida tashkilot faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish, yoshlarni qiynayotgan muammolarga tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, yoshlar bilan ishlashda korxona rahbarlarinig faolligini oshirish, muassasalarda boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini kuchaytirish va mehnatini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirib borish, turli xil ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish hamda ishchi - xizmatchilarni sportga jalb etish yuzasidan takliflar bildirildi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech