Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“O`zbekenergo” AJ Ishonch telefoni
Respublika hududlari:

(+998-71) 202-50-01

Haftaning ish kunlari dushanbadan-jumagacha, soat 09.00 dan 18.00 gacha, “O`zbekenergo” AJ ning mas`ul xodimi tomonidan amalga oshiriladi, qolgan vaqtda avtorejimda ishlaydi.

“Ishonch telefoni” orqali fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish kechayu-kunduz amalga oshiriladi.

“O'zbekenergo” AJ da korruptsion yo'nalishdagi faktlar bo'yicha
“Ishonch telefoni” to'g'risida
N I Z O M


1. Umumiy qoidalar

Ushbu Nizom “ishonch telefoni”ni tashkil etish: fuqarolarning “O'zbekenergo” AJ mansabdor shaxslari, ishchi va xizmatchilari (kelgusida “O'zbekenergo” AJ ishchilari) bilan o'zaro munosabatda duch kelgan korruptsion yo'nalishdagi faktlar bo'yicha murojaatlari, shikoyatlarini qabul qilish, ro'yxatga olish va ko'rib chiqish tartibini belgilab beradi.

1.1. “Ishonch telefoni” – “O'zbekenergo” AJ (kelgusida jamiyat)ning ish shakllaridan biri bo'lib, “O'zbekenergo AJ ishchilarining aholi (fuqarolar) bilan o'zaro munosabatlarida yo'l qo'ygan qonunga zid xatti-xaraktalari haqidagi murojaatlari, takliflari, shikoyatlariga o'z vaqtida javob berish uchun qo'shimcha sharoitlarni yaratishga qaratilgan.

1.2. “Ishonch telefoni”ning faoliyati, uni tashkil etish maqsadlari, murojaatlarni qabul qilish tartibi haqidagi ma'lumotlar jamiyatning veb-saytiga joylashtiriladi

1.3. “Ishonch telefoni”ning asosiy vazifalari quyidagilar:

a) fuqarolarning “ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatlarini ko'rib chiqilishini tashkil etish, ularni o'z vaqtida rahbariyat va tegishli bo'linmalarga ko'rib chiqish uchun taqdim etish;

b) “O'zbekenergo” AJ rahbariyatiga “ishonch telefoni” orqali kelib tushayotgan fuqarolarning murojaatlari soni va mazmuni, ularni ko'rib chiqishdagi natijalar haqidagi ma'lumotlarni taqdim etish;

v) “ishonch telefoni” orqali kelib tushgan fuqarolarning murojaatlarini o'z vaqtida va to'liq ko'rib chiqilishini nazorat qilish;

g) fuqarolarning murojaat qilishlariga, jumladan takroriy murojaatlarga olib kelayotgan sabablarni aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida tahlil qilish.

1.4. “Ishonch telefoni” “O'zbekenergo” AJ Markaziy apparatida o'rnatiladi.

1.5. “Ishonch telefoni” orqali kelib tushayotgan murojaatlarni qabul qilish kun davomida soat 09-00 dan 13-00 gacha va 14-00 dan 18-00 gacha dushanbadan jumaga qadar (bayram kunlaridan tashqari) “O'zbekenergo” AJ umumiy bo'limining ma'sul xodimi tomonidan amalga oshiriladi, ishdan tashqari vaqtlarda esa murojaatlar “avtootvetchik” tartibida amalga oshiriladi.

2. “Ishonch telefoni” orqali kelib tushayotgan murojaatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish tartibi

2.1. O'zbekiston Respublikasi hududida “Ishonch telefoni” orqali murojaat qilish 202-50-01 raqamiga qo'ng'iroq qilish bilan amalga oshiriladi. Qo'ng'iroq bepul hisoblanadi.

2.2. “Ishonch telefoni” orqali murojaatlarni qabul qilish uchun “O'zbekenergo” AJda maxsus kabinet tashkil etiladi va umumiy bo'lim xodimlaridan murojaatlarni qabul qilishga ma'sul xodim tayinlanadi

2.3. “Ishonch telefoni” orqali murojaatlarni qabul qilishda qo'ng'iroqqa javob beruvchi “O'zbekenergo” AJ umumiy bo'limining ma'sul xodimi:

  • o'z ismi familyasi va egallab turgan lavozimini aytishi;
  • qo'ng'iroq qilayotgan shaxsga “ishonch telefoni” fuqarolardan faqatgina murojaatlar, taklif va shikoyatlar qabul qilish uchun faoliyat ko'rsatishini, hamda o'z murojaatida yolg'on ma'lumot berish qonun doirasida javobgarlikka olib kelishini ta'kidlashi;
  • qo'ng'iroq qiluvchiga ushbu Nizomning 2.6. bandida ko'rsatilgan o'zi haqidagi ma'lumotlarni qoldirishni taklif etishi shart.

2.4. “Ishonch telefoni” orqali murojaatlarni qabul qilish va ularni qayta ishlash uchun telefon so'zlashuvlarini yozib olish funktsiyasiga ega bo'lgan telefon apparatlaridan foydalaniladi.

2.5. Barcha murojaatlar elektron ma'lumot tashuvchi moslamalariga yozib olinadi va 3 yil davomida saqlanadi.

2.6. “Ishonch telefoni” orqali murojaat qiluvchi shaxs ismi sharifi, otasining ismi, turar joy manzili, pochta manzili va qayta bog'lanish uchun telefon raqamini aytishi, hamda murojaat qilishdan maqsadini tushuntirib berishi shart.

2.7. “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan fuqarolar murojaatlari “O'zbekenergo” AJ umumiy bo'limi ma'sul xodimi tomonidan ushbu Nizomning ilovasida ko'rsatilgan shaklda jurnalda ro'yxatdan o'tkaziladi va rahbariyatga ko'rib chiqish uchun kiritiladi.

2.8. Ushbu Nizomning 2.6. bandida ko'rsatilgan ma'lumotlar murojaatchi tomonidan taqdim etilmagan holatda bunday murojaatlar ro'yxatdan o'tkazilmaydi va ko'rib chiqilmaydi.

2.9. “Avtootvetchik” tartibida bitta murojaatni qabul qilish vaqti 3 daqiqadan 5 daqiqagacha.

2.10. “Ishonch telefoni” orqali qabul qilingan ma'lumotlarni qayta tinglab ko'rish orqali nazorat qilinadi. Zarur bo'lgan holda mutaxasis vakil murojaat qiluvchi bilan muloqotga kirishadi. Ish vaqtidan tashqari qabul qilingan murojaatlar keyingi ish kunidan kechiktirilmay ko'rib chiqiladi.

2.11. “O'zbekenergo” AJ rahbariyati zudlik bilan ko'rib chiqishi va qaror qabul qilishi talab etiladigan ma'lumotlar ro'yxati:

a) “O'zbekenergo” AJ xodimlariga nisbatan shu vazifasini o'tish vaqtida terakt sodir etilishi xavfi va jismoniy tazyiq o'tkazilishi haqida;

b) “O'zbekenergo” AJ xodilari tomonidan ish faoliyatini belgilab beruvchi normativ hujjatlarga rioya qilmaslik va korruptsiya, tamagirlik, poraxo'rlik, mansabini suiste'mol qilishi haqida.

3. “Ishonch telefoni” orqali fuqarolarning murojaatlarini qayd qilish

3.1. “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan fuqarolar murojaatlari “O'zbekenergo” AJ va umumiy bo'limi ma'sul xodimi tomonidan “Ishonch telefoni orqali qabul qilingan ma'lumotlar jurnali” (kelgusida Jurnal – 1-ilova)da ro'yxatdan o'tkaziladi va O'zbekiston Respublikasi Qonunchiligida ko'rsatilgan tartib va muddatlarda ko'rib chiqiladi.

Agar fuqaroning murojaatida korruptsiya yo'nalishidagi ma'lumotlar aks ettirilmagan bo'lsa, bunday murojaat “Ishonch telefoni orqali qabul qilingan ma'lumotlar jurnali”da ro'yxatdan o'tkazilmaydi, lekin fuqarolarning shikoyati va murojaatlari qatorida tegishli jurnalda qayd etiladi.

3.2. Fuqarolarning murojaatlarini qayd etish jurnali varaqlari raqamlangan, tikib chiqilgan va quyidagilarga ega bo'lishi kerak:

a) murojaatning tartib raqami;

b) murojaatning kelib tushgan sanasi va vaqti;

v) murojaat qiluvchining ismi familiyasi va otasining ismi, yashash manzili va telefon raqami;

g) murojaat qilishdan ko'zlangan qiskacha ma'lumot;

d) murojaatni qabul qiluvchining ismi familiyasi va otasining ismi, xizmat lavozimi;

e) ko'rilgan choralar;

j) murojaatlarni ko'rib chiqilishidagi natija.

3.3. Qabul qilingan murojaatlar bo'yicha ma'lumotlar “O'zbekenergo” AJ rahbariyatiga qaror qabul qilish uchun taqdim etiladi.

3.4. Murojaatni ko'rib chiqqach, rahbar “ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatni tekshirish va u bilan ishlash uchun ijro etuvchini tayinlaydi.

3.5. Qabul qilingan murojaat bilan ishlash yakuniga etgach, ijro etuvchi uning natijalari haqida raxbarga hisobot beradi, shuningdek zarur bo'lgan holda murojaat qiluvchiga ham qonunda belgilangan muddatlarda ma'lum qilinadi.

3.6. “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatning natijalari haqidagi ma'lumotlar Jurnalda qayd etiladi va qonunda belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi korruptsiyaga qarshi kurashish organ vakiliga yuboriladi.

3.7. “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan ma'lumotlar bilan ishlovchi shaxslar bu ma'lumotlarning maxfiy saqlanishida shaxsiy javobgarlikka egadirlar.

1-ilova

“O'zbekenergo” AJ “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan murojaatlarni qayd qilish JURNALI





Boshlangan 20__ yil «___»__________da





Tugallangan 20__ yil«___»__________da

№ T/R

Murojaat qabul qilingan sana

Murojaat qiluvchining ismi sharifi va yashash manzili

Murojaatning qisqacha mazmuni

Murojaatni qabul qiluvchining ismi familiyasi va otasining ismi

Ko'rilgan choralar

Natijalar

Izox

1

2

3

4

5

6

7

8










"O`zbekenergo" AJ "ishonch telefoni"ga kelib tushgan murojaatlar tahlili


Murojaat qiluvchi

Jami

Ko`rib chiqilmoqda

Rad etilgan

Ko`rib chiqildi

Muddati kechiktirilgan

Avgust

Yuridik shaxs

-

-

-

-

-

Jismoniy shaxs

18

3

-

15

-

Murojaat qiluvchi

Jami

Ko`rib chiqilmoqda

Rad etilgan

Ko`rib chiqildi

Muddati kechiktirilgan

Sentabr

Yuridik shaxs

-

-

-

-

-

Jismoniy shaxs

23

23

-

-

-


“O’zbekenergo” AJ “ ishonch telefoniga kelib tushgan murojaatlar bo’yicha

2016 yil uchun 9 oylik statistik ma’lumot

Murojaat qiluvchi

Jami

Ko’rib chiqilmoqda

Rad etilgan

Ko’rib chiqildi

Muddati kechiktirilgan

Yuridik shaxs

-

-

-

-

-

Jismoniy shaxs

1609

143

7

1459

-


Izoh: “O`zbekenergo” AJ “Ishonch telefoni” 2015 yil 03 avgustdagi 323-sonli buyruqga asosan faoliyat ko`rsatmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech