Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 noyabrdagi 913-sonli qaroriga asosan «O’zbekenergo» AJ  2018 yil 1 apreldan boshlab elektr energiyasining narxlari oshganligini ma’lum qiladi.

 

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan 2018 yil 14 martdagi 19-03-22-06-O’zR-6-2018  sonli Reyestri

 

Guruh

Nomi

Narxi

 

I guruh

Ulangan quvvati 750 kVA va undan ortiq bo‘lgan, elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tariflar bo‘yicha hisob-kitob qiladigan iste’molchilar, budjet tashkilotlari, fermer xo‘jaliklari va suv iste’molchilari uyushmalarining nasos stansiyalari, shuningdek davlat budjetidan moliyalashtiriladigan nasos stansiyalari bundan mustasno

228 so‘m 60 tiyin

II guruh

Elektr energiyasi uchun bir stavkali tarif bo‘yicha hisob-kitob qiladigan iste’molchilar, maishiy iste’molchilardan tashqari

 228 so‘m 60 tiyin

III guruh

Maishiy iste’molchilar

228 so‘m 60 tiyin

Elektr plitalar bilan jihozlangan, o‘n qavatdan yuqori bo‘lgan ko‘pxonadonli turar joylari va yotoqxonalarda yashovchi maishiy iste’molchilar  uchun

114 so‘m 30 tiyin

IV guruh

I va II tarif guruhlari iste’molchilari tomonidan texnologik maqsadda elektr isitish, shuningdek binolarni isitish, issiq suv ta’minoti va ovqat tayyorlashda foydalanilgan elektr energiyasi uchun  

 

241 so‘m 50 tiyin

 

Izoh:

 

1.Ushbu tariflar 1 kVt soat  elektr energiyasi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblangan  holda  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yoqilg‘i-energetika resurslari bilan o‘z vaqtida ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 2017 yil 14 noyabrdagi 913-sonli qarori va  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2018 yil 12 yanvar 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan elektr energiyasidan foydalanish qoidasiga asosan o‘rnatilgan.

 

2.Ushbu reyestr kuchga kirishi bilan 2017 yil 29 iyundan amal qilgan 19-03-22-06-O’zR-29-2017 sonli Reyestri o‘z kuchini yo‘qotadi.

 

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish