Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

2019 yil 1 may chorshanba kuni soat 07:00dan 17:00gacha Toshkent shahrining 2 ta tumani hududida vaqtinchalikka elektr energiyasi o‘chiriladi.

Toshkent issiqlik elektr stansiyasidan (TashGRES) chiquvchi LDOK-1,2-110 kV bo‘lgan yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘ida qulash xavfi mavjud tayanchlar almashtirilishi munosabati bilan Yunusobod va Olmazor tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasidan uzilishlar kuzatiladi.

Yunusobod tumanida: 5, 6, 7, 9 dahalarda va “Hasanboy” mahallasida;

Olmazor tumanida: Ahil, Yangi toshkent, Oltinsoy, Qichqiriq, Moyqo‘rg‘on, G.G‘ofurov, Paxta, Ibrohim ota mahallalarida hamda “DOK” podstansiyasiga ulangan korxona va tashkilotlarda elektr energiyasi ta’minotida uzilish bo‘ladi.

Shuningdek, 4-Toshkent Issiqlik markazi, “O‘zbekiston Temir yo‘llari” AJ ga qarashli Chuqursoy podstansiyalarida ham elektr energiyasidan uzilishlar kuzatiladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Toshkent shahar Elektr tarmoqlari korxonasi

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech