Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18 yanvar 2019 y. - 18 dekabr 2019 y.

Poytaxtimizda “O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi Ulug‘bek Mustafoev hamda Janubiy Koreyaning «KT Corporation» kompaniyasi vitse prezidenti Li Sang Ki ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Davlatimiz rahbarining 2018 yil 23 oktyabrdagi “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, elektr energiyasini hisobga olish
va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi ma’lumotlarini qayta ishlash respublika yagona markazini tashkil etish yuzasidan “O‘zbekenergo” AJ hamda Janubiy Koreyaning «KT Corporation» o‘rtasida bitim imzolandi.

Joriy yil 1 sentyabrga qadar foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan mazkur Markaz elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini, SCADA – avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruv tizimi hamda axborot boshqaruv tizimlari (ERP) boshqariladigan yagona respublika ma’lumotlarni qayta ishlash yo‘nalishlarini qamrab oladi.

– Markaz respublika bo‘yicha o‘rnatilgan elektron hisoblagichlardan iste’mol, tizimdagi elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlari va hisoblagichlarning holati to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘adi hamda qayta ishlaydi, – deydi “O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi Ulug‘bek Mustafoev. – Shuningdek, qayta ishlangan ma’lumotlar asosida tizimning va har bir tizimga ulangan hisoblagichlarning holati bo‘yicha operatorga hisobot beradi. Bundan tashqari, transformatorlar kesimida tarmoqdagi yo‘qotishlar miqdorini tahlil qilish va me’yoridan ortiqcha yo‘qotishlar kuzatilganda hamda elektr hisoblagichga elektr ta’minoti korxonasining xabarisiz tashqi ta’sir ko‘rsatilganda operatorni xabardor qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Davlatimiz rahbarining 2018 yil 23 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, 2021 yil yakuniga qadar 7 milliondan ortiq iste’molchilarning barchasi hamda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi va taqsimlovchi korxonalar yagona elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga to‘liq ulanishi rejalashtirilgan.

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech