Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13 oktyabr 2017 y. - 31 dekabr 2017 y.

6 oktabr kuni “O’zbekenergo” AJning majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligi munosabati bilan “Baxtimiz qomusi va obodlik dasturi” mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etish, yoshlarimiz qalbida qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat tuyg‘usini kuchaytirish, ularning xuquqiy ongi va madaniyatini oshirish hamda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligiga bag‘ishlangan targ‘ibot-tashviqot va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga asosan o‘tkazilgan seminarda “O’zbekenergo” AJ tizimiga kiruvchi korxona rahbarlari va xodimlari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining mas’ul xodimlari va mutaxassislari ishtirok etdi.

Toshkent Davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi B.Qosimov, “O’zbekenergo” AJ Boshqaruv raisi R.Rayimov va boshqalar Konstitutsiya huquqiy davlatning asosiy belgisi bo‘lib, unda jamiyatning ijtimoiy siyosiy xususiyatlari, taraqqiyotining bosh mezonlari, mamlakatning ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari o‘z ifodasini topishini alohida ta’kidladilar.

Shuningdek, tadbir davomida Bosh qomusimizning qabul qilinishi tarixi, uning bugungi kunda respublikamizning har bir fuqarosi hayotidagi o‘rni va vatanimiz taraqqiyotida konstitutsiyamizning ahamiyati haqida yig‘ilganlarga ma’lumotlar berib o‘tildi.

Ochiq munozara va fikr almashish ruhida o‘tgan tadbirda tashrif buyurgan mutasaddilar yig‘ilganlarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berdi.

-Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi eng muhim sanalardan biri- milliy istiqlol Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi arafasida shuni alohida e’tirof etish lozimki, Konstitutsiyamiz vaqt o‘tgan sari o‘z nufuzini, xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini mustahkamlab bormoqda. Bizning bugungi seminarni o‘tkazishdan maqsadimiz bosh qomusimiz nufuzi va ahamiyatini, mazmun va mohiyatini xodimlarimiz, ayniqsa yosh avlodning ong-idrokiga chuqurroq singdirishdir, - deydi “O’zbekenergo” AJ Bosh yurismaslahatchisi A’zam Mubarakov. -Zero, o‘z oilasidagi tartib qoidalarga amal qiladigan, uni hurmat qiladigan farzand boshqalarning ham mana shunday talab-tartiblari borligini anglaydi, ularni hurmat qila biladi, Shu ma’noda Konstitutsiyamiz barchamiz uchun asosiy mezon bo‘lishi, uning qoidalari hayotimizning asosiy qoidalari va maqsadlariga aylanishi darkor.

Aytish o‘rinliki, joriy yilning 15 noyabrdan-15 dekabriga qadar “O’zbekenergo” AJ tizimiga kiruvchi barcha korxonalarda “Inson huquqlari – eng oliy qadriyat” mavzusida savodxonlik oyligi tashkil etish bo‘yicha rejalashtirilgan. Ushbu oylik doirasida barcha korxonalarda “Xuquqiy bilimlar” o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilib, mustaqillikning ilk kunlaridanoq taraqqiyot yo‘limizni to‘g‘ri tanlaganimiz, rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shilganimizni aniq fakt va ma’lumotlar asosida ishchi xodimlar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish ko‘zda tutilgan.

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish