Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18 fevral 2019 y. - 18 dekabr 2019 y.

“Farg‘ona HETK” AJda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib borishni to‘g‘ri yo‘nalishga qo‘yish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda “O‘zbekenergo”AJ tizimi tashkilotlarining ish yuritish, ijro intizomi hamda yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlayotgan mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Bugungi kunda “O‘zbekenergo” AJ tizim korxonalarida O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 1 sentyabrdagi O‘RQ-445-sonli Qonuniga asosan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

“O‘zbekenergo” AJ va uning tasarrufidagi korxona va tashkilotlarida 2018 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar umumiy soni 37844 ta tashkil qiladi. Shulardan 22218 tasi O‘zbekiston Respublikasi Virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlardir. Ushbu murojaatlarda ko‘rsatilgan asosiy masalalar elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar va elektr energiya uzatish tarmoqlarining transformator punktlarini yangilash, ta’mirlash muammolarini hal qilish to‘g‘risidadir.

Kelib tushgan ushbu murojaatlarning 69% qanoatlantirilgan, 39% ijobiy yechimini topgan, 36% esa huquqiy maslahat va ma’lumot berish orqali hal qilingan. Ko‘rsatgichlar shuni ko‘rsatadiki murojaatlarning 31% umumiy tushuntirishlar berilishi orqali ko‘rib chiqilgan.

Tadbir davomida ish yuritishda, ijro intizomida hamda yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda yo‘l qo‘yilayotgan ayrim kamchiliklar hamda ijro intizomiga mas’ul bo‘lgan mutaxassislar huquqiy-me’yoriy hujjat turlarini talab darajasida bilmasligi tanqidiy-tahliliy nuqtai nazardan ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatiga kelib tushayotgan murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning qanoatlantirish darajasini oshirish hamda murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar berildi

Seminar yakunida ish yuritish, ijro intizomi hamda yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi.

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech