Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

27 avgust 2018 y. - 27 dekabr 2018 y.

2018 yil 27 avgust kuni "O’zbekenergo"AJda “O’z kasbining mohir ustasi” ko‘rik–tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan ko‘rik tanlovdan ko‘zlangan maqsad “O’zbekenergo” AJ tizimidagi korxona va tashkilotlarida faoliyat ko‘rstayotgan ishchi xodimlarga mehnatsevarlik va o‘z ishini astoydil, jonkuyarlik bilan bajarish tuyg‘ularini singdirish, ishchi-xodimlarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ular orasida ustoz-shogird va do‘stlik munosabatlarini mustahkamlashdir.

Ko‘rik tanlovda “O’zbekenergo” AJ respublika tizimi korxonalari xodimlari ishtirok etishdi. Tanlovda umumiy 10 ta nominatsiya: Eng mohir mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha muhandisi, Eng mohir tezkor-dispetcherlik muhandisi, Eng mohir abonentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limining operatori, Eng mohir to‘la ta’mir guruhi ishchisi, Eng mohir elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatish sektorining elektr montyori, Eng mohir operativ boshqaruv bo‘limining navbatchi-elektr montyori, Eng mohir kasaba uyushmasi xodimi, Eng mohir ish yurituvchi Eng mohir elektr-gaz payvandchi, Eng mohir kabel liniyalarini ta’mirlovchi ishchi guruhi bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.

























Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech