Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04 aprel 2018 y. - 04 dekabr 2018 y.

Bugungi kunda kompaniyalarda moliyaviy hisobotlarini Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlari asosida tuzishga ob’ektiv zaruratlar mavjud. Dunyo bozoriga chiqish, xalqaro kredit olish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun hisobotlarni Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlari bo‘yicha tuzish maqsadga muvofiqdir.

Aynan shu maqsadda “O’zbekenergo” AJda Osiyo taraqqiyot banki tomonidan taqdim etilgan ekspert konsultantlar ishtirokida hisobot tizimini Xalqaro standartlar asosida yuritishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida doimiy ravishda seminar treninglar o‘tkazish amaliyoti joriy etildi.

“O’zbekenergo” AJ ning “Moliyaviy menedjment va hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy qilish markazi” xodimlari uchun tashkil etilgan seminarlarda tinglovchilar:

-moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar hisob tizimiga joriy etish;

-xalqaro standartlar doirasida belgilangan tamoyillar va ularga amal qilish;

-moliyaviy hisobotlarni transformatsion jarayonlarida yo‘l qo‘yiladigan xato-kamchiliklar va ularni yuzaga kelmasligini oldi olish muolajalari;

-moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari yordamida korxona va tashkilotlar iqtisodiy ma’lumotlarining shaffofligini oshirish kabi yo‘nalishlarda nazariy bilimlar beriladi.

Tashkil etilgan ko‘p bosqichli seminar treninglarning birinchisi joriy yilning may oyigacha davom etadi va unda tinglovchilarda quyidagi amaliy ko‘nikmalar shakllantirilishi ko‘zda tutilmoqda:

-xalqaro standartlar doirasida shakllantirilayotgan moliyaviy hisobotlarni tezkorlik bilan tayyorlash;

-“O’zbekenergo” AJ tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlari faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqqan holda hisob jarayonlarini Xalqaro standartlarda yuritishni tashkil etish;

-Xalqaro standartlar doirasida “mepping” jadvallardan samarali foydalanish;

-Xalqaro standartlar bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash mobaynida ish vaqti va vakolatlarini to‘g‘ri taqsimlash.

Tashkil etilayotgan bunday o‘quv seminarlari buxgalteriya hisobini bosqichma-bosqich moliyaviy hisobotning halqaro standartlari asosida tashkil etish va moliyaviy hisobotlarni tuzish jahon integratsiyasiga yanada kengroq kirib borish imkoniyatini beradi. Bu esa “O’zbekenergo” AJ tizimida buxgalteriya hisobini isloh etish va modernizatsiya qilishning yangi bosqichi bo‘lib qoladi.

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech