Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01 dekabr 2017 y. - 02 dekabr 2018 y.

Joriy yilning 24 noyabr kuni Samarqand shahridagi Matbuot uyida “Samarqand HETK” AJ tomonidan 2017-2018 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

 IMG_70261.JPG

Anjumanda ommaviy axborot vositalari vakillari, mahallalar faollari va mahalliy hokimiyat idoralari mutasaddilari ishtirok etishdi.

So‘nggi yillarda energetika sohasining rivojlanishi masalasiga davlatimiz rahbari tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, yangi ishlab chiqarish quvvatlarni qurib ishga tushirishga va energotizimni keng ko‘lamda modernizatsiyalash, zamonaviy energiya manbalarini tatbiq etish, elektr energiyasini ishlab chiqarish va uzatishdagi yo‘qolishlarni kamaytirish hamda qayta tiklanuvchan energiya manbalarini rivojlantirishdir.

IMG_69881.JPG

Joriy yilning o‘tgan o‘n oyi davomida Samarqand viloyati bo‘yicha iste’molchilarga jami 3,7 milliard kilovatt soat elektr energiyasi yetkazib berildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 143,1 million kilovatt soat ko‘p demakdir. Shundan 1,7 millird kilovatt soat yoki 47 foiz viloyat aholisiga yetkazib berilgan bo‘lsa, ijtimoiy soha ob’ektlariga 0,4 milliard kilovatt soat elektr energiyasi yetkazib berildi.

IMG_69721.JPG

Prezidentimizning “Respublika iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini 2017-2018 yillarda kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori  ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyatida 2536 kilometr uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari va  751 ta transformator punktlarida mukammal ta’mirlash ishlari  to‘liq bajarildi.

IMG_69121.JPG

Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tomonidan joylarda aholi va mahalla faollari bilan muloqotlar o‘tkazilishi natijasida qo‘shimcha 21 ta transformator punktlarini yangi qurish va rekonstruksiya qilish ishlari belgilanib, to‘liq bajarildi.

Shu bilan bir qatorda shahar va tumanlardagi mahallalarni kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi bo‘yicha og‘ir toifalangan mahallalarda 2ta transformator qo‘shimcha o‘rnatildi  va 2ta transformator punkti mukammal ta’mirlandi.

maje

Joriy yilda modernizatsiya dasturi asosida 268 kilometr uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari va 109 ta transformator punktlari modernizatsiya va rekonstruksiya qilindi.

Bundan tashqari Samarqand viloyatida yangi tashkil etilayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining izchil rivojlanishi, ijtimoiy soha ob’ektlari va aholi xonadonlarining elektr energiya ta’minotini mustahkamlash maqsadida 110 kilovolt kuchlanishli podstansiyalarda ham yuklama bilan ishlayotgan 8 ta har xil quvvatdagi kuch transformatorlarni katta quvvatlisiga almashtirish ishlari boshlandi.

Shuningdek, yuqori kuchlanishli magistral elektr tarmoqlarda ham bir qator ishlar amalga oshirildi.  220 kilovolt kuchlanishli “Cho‘pon-ota” va “Samarqand” podstansiyalarida yuklama bilan ishlayotgan uchta kuch transformatorlaridan ikkitasi, quvvati 200 Megavatt bo‘lgan kuch transformatorlarga almashtirildi. Qolgan bittasi joriy yiling 20 dekabrga qadar ishga tushiriladi.

Yuqoridagi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarimiz natijasida Samarqand  viloyatidagi elektr energiyasi iste’molchilariga qo‘shimcha ravishda 275 Megavatt quvvat zaxirasi yaratilib, 353 ta mahallalardagi 184 mingdan ziyod aholi xonadonlari, shu bilan birga sanoat korxonalari, tadbirkorlik sub’ektlari hamda ijtimoiy soha ob’ektlarining elektr energiyasi ta’minoti mustahkamlandi va sifat darajasi yaxshilandi.

Tadbir so‘ngida jurnalistlar o‘zlarining qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

 


Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech