Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07 yanvar 2019 y. - 07 sentyabr 2019 y.

“O‘zbekenergo”AJ boshqaruvi raisi U.Mustafoev hamda Rossiyaning «Силовые машины» OAJ kompaniyasi bosh direktori Timur Lipatov boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, Prezidentimizning 2017 yil 29 dekabrdagi «Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasida energobloklarni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoyishi hamda Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli qaroriga muvofiq, 2018 – 2021 yillarda Sirdaryo IESi 6 ta energoblogini modernizatsiya qilish belgilangan.

Muloqotda “O‘zbekenergo” AJ Boshqaruv raisi Ulug‘bek Mustafoev barcha sohalar qatori elektr energiya sohasida ham O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini e’tirof etdi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 oktyabrdagi “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2018 yil 3 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi ikki tomonlama strategik hamkorlikni va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga ko‘ra, elektr energiyasi sohasidagi loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirilishi chora-tadbirlari nazoratga olingan.

– Sirdaryo IESda 6 ta energoblok modernizatsiya qilinishi evaziga ularning ish samaradorligini oshirish, har bir energoblokning o‘rnatilgan quvvatini 300 MVt.dan 325 MVt.ga va amaldagi quvvattlarini 250 MVt.dan 325 MVtga ko‘paytirish, yoqilg‘ining solishtirma sarfini har bir kVt. uchun 35-40 gr.ga kamaytirish va buning natijasida tabiiy gazni tejash ko‘zda tutilgan, – deydi «Силовые машины» OAJ kompaniyasi Bosh direktori T. Lipatov. – Shu bilan bir qatorda, modernizatsiya qilingan energobloklarning xizmat davrini kamida yana 20 yilga oshirishga erishiladi.

Samarali kechgan muloqotda ko‘zda tutilgan loyihalar ijrosini qisqa muddatlarda ta’minlash hamda o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama etildi.

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech