Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06 oktyabr 2017 y. - 06 dekabr 2017 y.

29 sentabr kuni “O’zbekenergo” AJning majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya Kompleksi tarkibidagi idora va xo‘jalik boshqaruvi organlari ishtirokida O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun talablarini xo‘jalik boshqaruvi organlarida amalga tatbiq etish va ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Vazirlar Mahkamasining geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot- tahlil departamenti mudiri va mutaxassislari, shuningdek, “O’zbekenergo” AJ tarkibidagi idoralarning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish masalalari bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalarning rahbarlari hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, ijtimoiy siyosat jamiyat hayotining muhim sohasi va davlat faoliyatining asosiy yo‘nalishidir. Mazkur sohada izchillik bilan davom ettirilayotgan islohotlar yurtimizda har bir insonning munosib turmush kechirishiga ko‘maklashishdek olijanob maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun doirasidagi tizimli ishlar ham ana shu maqsad ro‘yobiga xizmat qilmoqda. Bu boradagi sa’y-harakatlarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taklifiga muvofiq 2017 yilning mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi hamda davlatimiz rahbarining 2016 yil 28 dekabrdagiJismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni dasturilamal bo‘lmoqda.

Bo‘lib o‘tgan seminarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Adliya va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklarining mutasaddilari mazkur qonunga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mohiyati va ahamiyati haqida batafsil to‘xtalib o‘tdilar va ishtirokchilarning savollariga atroflicha javob berib o‘tdilar.

Seminarning ikkinchi yarmida “O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatining mutasaddi tashkilotlari mutaxassislari uchun o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilotlarda hukumat qarorlarining ijrosi qay tarzda yo‘lga qo‘yilishi kerak, buning uchun qanday normativ hujjatlar mavjud, qanday turdagi hujjatlar nazoratga olinadi, nazorat kartochkalari bilan ishlash tartibi qanday, tashkilotda ijro intizomiga mas’ul xodimning asosiy vazifalari nimalardan iborat kabi dolzarb masalalar yuzasidan test sinovi bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, seminar davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishni takomillashtirish va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi №PQ-3161 sonli Qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 29 martdagi “O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarorini joylarda amal qilinishi va qo‘llanilishi to‘g‘risida “O’zbekenergo” AJning mutasaddilarining ma’ruzalari tinglandi.

Seminar yakunida hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga olish va ularning bajarilishini tizimli nazorat qilish, ularni rahbarlar va xodimlar tomonidan o‘rganib chiqish, puxta tahlil qilish, unda topshiriqni bajarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni, mas’ul ijrochilarni va bajarish muddatlarini ko‘rsatish, o‘z qarorlarini qabul qilish joylardagi aniq ijrochilarga tezkorlik bilan yetkazish, shuningdek ularning ijrosini maqsadli o‘rganishni ta’minlash kabi yo‘nalishlarda ham olib borilishi lozim bo‘lgan masalalarga to‘xtalib o‘tildi.

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech