Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

22 yanvar 2019 y. - 22 dekabr 2019 y.

“O‘zbekenergo” AJ da "Yangi soliq konsepsiyasi: "O‘zbekenergo" AJ tizim korxonalari faoliyatida buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish qonunchiligida o‘zgarishlar va qo‘shimchalar” mavzusida video seminar tashkil etildi.

Unda “O‘zbekenergo” AJ tizimidagi korxonalar rahbarlari, bosh hisobchilari hamda masalaga aloqador barcha mutaxassislar, shuningdek, Moliya vazirligi va Davlat Soliq Qo‘mitasi vakillari ishtirok etishdi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 24 dekabrida “Soliq va byudjet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.

Mazkur Qonun soliq solish tizimini soddalashtirish, soliq ma’murchiligini takomillashtirish, iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, mamlakatning investitsiyaviy muhitini yaxshilash, soliq yukini kamaytirishdan iboratligini inobatga olgan holda “O‘zbekenergo” AJning moliyaviy xo‘jalik faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi bir qator misollar ko‘rsatib o‘tildi.

Misol uchun, avvalgi tahrirdagi soliq siyosati bo‘yicha “O‘zbekenergo” AJ tizimida byujdet va davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tgan 2018 yilda 2,0 trln. so‘mdan ziyod miqdordagi to‘lovlar amalga oshirilgan bo‘lsa, 2018 yilning 24 dekabrida qabul qilingan Qonunga muvofiq, joriy yilning 1 yanvaridan e’tiboran jamiyat tizimida o‘rtacha bir yilda 1,4 trln. so‘m qiymatida soliq to‘lanishi ko‘zda tutilmoqda.

Natijada, “O‘zbekenergo” AJ tizimida 2019 yilda Byudjet va davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratmalar deyarli 577,0 mlrd. so‘m miqdorda soliq to‘lovlaridan iqtisod qilinishi va ushbu mablag‘lar tizimda amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalari, past va yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va boshqa maqsadlarga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, jamiyat tarkibidagi korxonalar rahbarlari hamda bosh hisobchilariga buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tizimida qonunchilikka kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalarni joriy etish hamda amaliyotda qo‘llash yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Ochiq muzokara tarzida o‘tgan seminarda “O‘zbekenergo” AJ xodimlari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.


Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech