Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
9 Nov 2017

“O’zbekenergo” AJ energetika korxonalarining barqaror ishlashini ta’minlash hamda 2017 yil ishlab chiqarish faoliyatining prognoz ko‘rsatgichlariga erishish uchun bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

“O’zbekenergo” AJ tomonidan iqtisodiy o‘sishning doimiy sur’atlariga va elektroenergetika sohasining barqaror ishlashiga erishish maqsadida ishlab chiqarish harajatlarini qisqartirish hamda ishlab chiqarilayotgan va ishlab chiqarish mo‘ljallanayotgan mahsulotlar tannarxini pasaytirishni ta’minlaydigan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. 2017 yilning 9 oyi davomida tannarxni pasaytirish parametrlari 100,8 foizni tashkil etdi.

Joriy yilning o‘tgan davrida tovar mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi 100,2 foizni tashkil etdi. Korxonalarda mahalliy xom ashyo asosida mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha topshiriq 120,4 foizga bajarildi. Mahsulot va xizmatlarni eksport qilish 105,6 foizga bajarildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida 2017 yilga mo‘ljallangan investitsion dastur to‘g‘risida”gi 2016 yil 23 dekabrdagi PQ-2697-sonli qaroriga muvofiq yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va amaldagilarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilishga qaratilgan 29ta yirik investitsiyaviy loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishlar davom ettirildi.

“Navoiy IESni quvvati 450 MVtga teng ikkinchi bug‘-gaz qurilmasini qurish bilan kengaytirish” va “Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida tarkibida quvvatlari 450 MVtdan bo‘lgan bug‘-gaz qurilmalarining ikkita bloki bo‘lgan umumiy quvvati 900 MVtga teng yangi issiqlik elektr stansiyasini qurish” loyihalari bo‘yicha «Mitsubishi Corporation» va «Mitsubishi Hitachi Power Systems, Ltd.» (Yaponiya) kompaniyalari konsorsiumi bilan qo‘shimcha ehtiyot qismlar yetkazib berish va shef-montaj ishlari bo‘yicha qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish yuzasidan qo‘shimcha bitimlar imzolandi.

“Pop-Qo‘qon-Andijon” hududida qurilayotgan elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasini tortish podstansiyalarining tashqi elektr ta’minoti ob’ektlarini qurish” loyihasi bo‘yicha qurilish-montaj ishlari davom ettirilmoqda: 3ta piketda poydevor qo‘yildi va tayanchlarni yig‘ish ishlari olib borilyapti.

“Taxiatosh IESda quvvati 230-280 MVtga teng ikkita bug‘-gaz qurilmasini qurish” loyihasi bo‘yicha “HYUNDAI Engineering Company Limited” va “Hyundai Engineering & Construction Company Ltd.” (Koreya) kompaniyalari konsorsiumi bilan hamkorlikda ishlar boshlandi.

“500 kVli “Chodak-To‘raqo‘rg‘on” podstansiyaningqurilishi” loyihasi doirasida poydevorlarni montaj qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

“Butun Respublika bo‘ylab 0,4-6-10 kVli taqsimlash tarmoqlari va elektr ta’minoti ob’ektlarini rivojlantirish va modernizatsiyalash” loyihasi bo‘yicha 2344,1 km elektr uzatish liniyasi rekonstruksiya qilindi va 740ta transformator punkti o‘rnatildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 29 maydagi "Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-5059-sonli farmoniga, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l haritasini” tasdiqlash va O’zbekiston Respublikasida ASKUE ni joriy qilishni davom ettirish bo‘yicha farmoyishiga muvofiq “Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha direksiya” MChJ bo‘linmasini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.

Elektr energiyasini hisobga olish tizimini modernizatsiyalash loyihalari bo‘yicha “O’zbekenergo” AJ korxonalari tomonidan elektr energiyasini hisobga olishning zamonaviy elektron asboblarini joriy etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy etilangandan buyon o‘tgan davr mobaynida yuridik iste’molchilarga 245,6 mingtadan ortiq uch fazali va 188,6 mingtadan ortiq bir fazali elektron asboblar, maishiy iste’molchilarga 39,7 mingtadan ortiq uch fazali va 4640,8 mingtadan ortiq bir fazali elektr energiyasini hisobga olishning elektron asboblari o‘rnatib berildi. “O’zbekenergo” AJda kuz-qish mavsumiga energotizimni o‘z vaqtida tayyorlash maqsadida tarmoq tadbirlari, asosiy energiya uskunlarini ta’mirlash jadvali ishlab chiqildi va tasdiqlandi, elektr stansiyalari va tarmoqlarini qishki sharoitda ishlashga tayyorlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiyalar tuzildi.

“Elektr tarmoqlariga ulanish va tadbirkorlik sub’ektlarining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash uchun “Yagona darcha” tamoyili bo‘yicha texnik shartlarini taqdim etish bo‘yicha axborot tizimini ishlab chiqish” loyihasi yuzasidan “LG CNS Uzbekistan” QK MChJ bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq dasturiy ta’minot ishlab chiqildi, dasturiy ta’minot sinovi va boshqa tizimlar, xususan “Toshkent shahar ETK” AJ va “Toshkent HETK” AJ bazasidagi Yagona Darcha Markazi bilan sinov integratsiyasi amalga oshirilmoqda.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” tarmoq Dasturi bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun sarf-harajatlar 2017 yilning yanvar-sentabr oylarida 208630,5 mln. so‘m va 121, 42 mln. AQSh dollarni tashkil etdi.

Oziq-ovqat dasturi doirasida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Manba: не указан
Просмотров: 312

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech