Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
25 Jan 2019

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida elektr energiyani iste’molchilarga yetkazib berish bo‘yicha 2018 yil davomida ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Jumladan, tumandagi elektr energiyasi iste’molchilariga o‘tgan yilda jami – 18,3 mln. kVt.soat elektr energiyasi yetkazib berildi.

Prezidentimizning 2016 yil 23 noyabrda qabul qilingan «2017 – 2021 yillarda past kuchlanish tarmoqlarni modernizatsiya va yangilash Dasturi to‘g‘risida»gi qarori asosida besh yil davomida Mo‘ynoq tumanida 22,5 km. uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari, 17 dona transformator punktlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari belgilangan bo‘lib, buning uchun 2,8 mlrd. so‘m mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan.

O‘tgan yilda mazkur qaror doirasida 10,4 km. elektr uzatish tarmoqlari va 3 ta transformator punkti rekonstruksiya qilindi va yangidan qurildi. Natijada, Uchsoy Do‘stlik, Talliuzak va Tikuzak mahallalaridagi iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilandi.

Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha 43,8 km. uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari va 19 dona transformator punkti mukammal ta’mirlandi. Amalga oshirilgan ishlar samarasi o‘laroq 20 ta mahalladagi 3 600 dan ortiq aholi xonadonlari, joylardagi sanoat korxonalari, tadbirkorlik sub’ektlari va ijtimoiy soha ob’ektlarining elektr ta’minoti barqarorlashdi.

2019 yilda “Obod qishloq” dasturi doirasida 14,1 km. elektr tarmoqlari va 6 ta transformator punkti rekonstruksiya qilinishi va yangidan qurilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 2019-2020 yil kuz-qish mavsumiga elektr qurilmalarni tayyorlash bo‘yicha 48,4 km. uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari va 20 dona transformator punkti mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Manba: "O`zbekenergo" AJ axborot xizmati
Просмотров: 474

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech