Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
21 Feb 2018

“O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatida g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 535 yilligiga bag‘ishlangan “Bu gulshanda barhayotdir nazm va navo” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O’zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari, “O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati, ishchi xodimlar ishtirok etdilar.
So‘zga chiqqanlar necha asrlarki, nazm va navoda yulduzdek porlab turgan o‘zbek xalqining buyuk shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy hamda shoir, shoh va sarkarda sifatida jahonga dovrug‘ taratgan Zahiriddin Muhammad Bobur nomi haqida alohida ta’kidladilar. Bu ulug‘ ajdodlarimiz Vatanga muhabbat, insonparvarlik, ma’rifatparvarlik, mehr-oqibat, yaxshilik va ezgulikni tarannum etib, go‘zal va benazir asarlar qoldirgani xalqimizning katta baxti ekanligi haqida to‘xtalib o‘tdilar.
Ma’lumki, Alisher Navoiy turkiy tilda «Xamsa» yaratgan birinchi shoirdir. U besh yirik dostondan iborat ushbu asarni ikki yilda yozib tugatgan. Mazkur asarni ijod ahli zo‘r quvonch bilan qabul qilgani esa tarixdan ma’lum. Bobur ham Navoiy kabi adabiyot, san’at, tarix va ilm-fanning turli sohalarida qimmatli asarlar yaratdi. Uning lirik devonlari, «Boburnoma», «Mubayyin», «Xatti Boburiy» kabi asarlari o‘zbek adabiy tili, adabiyoti va ilm-fani ravnaqi yo‘lidagi bebaho boylikdir.
Tadbirda Navoiy va Bobur g‘azallaridan namunalar o‘qildi. Teatr aktyorlari tomonidan ijro etilgan sahna ko‘rinishlari barchaga manzur bo‘ldi.
Manba: "O`zbekenergo" AJ axborot markazi
Просмотров: 624

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech