Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
26 Jun 2018

2018 yil 25 iyun kuni Toshkentdagi "Hyatt Regency Tashkent" mexmonxonasida Osiyo Taraqqiyot Banki hamda "O’zbekenergo" aksiyadorlik jamiyati hamkorligida "Elektr energetika sohasidagi islohotlar va uning istiqbollari – orttirilgan tajriba, xulosalar va rad etilgan afsonalar" mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Unda Markaziy Osiyo va Afg‘onistonning davlat elektr energiya xolding va korporatsiya rahbarlari, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mutaxassislari hamda global konsalting kompaniya vakillari ishtirok etishdi.

O’zbekiston elektr energetika sohasi ulkan ishlab chiqarish va ilmiy-texnik salohiyatga ega bo‘lib respublika iqtisodiyotining rivojlanishiga hamda aholi turmush darajasining ko‘tarilishiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda.

Energetiklar uchun mazkur tadbir muhim voqea hisoblanib, sohani rivojlantirish siyosati va mamlakatlar energotizimlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni amalda belgilaydigan Markaziy Osiyo mamlakatlari hukumatlari va energotizimlari hamda yirik xalqaro moliya institutlari va kompaniyalari vakillari shunday nufuzli tarkibda to‘plandi. Bu energetika sohasi oldida turgan masalalarni birgalikda muhokama qilish, xalqlarimiz manfaatlari uchun eng kam iqtisodiy sarf-xarajatlar bilan energotizimlarimiz ravnaq topishini ta’minlash maqsadida kelgusida birgalikda va kelishgan holda muvaffaqiyatli rivojlanish bo‘yicha tajriba almashish imkonini beradi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, shu jumladan yetakchi xorijiy korporatsiyalar bilan tajriba almashishni tashkil etish yo‘li bilan, davlat korxonalari faoliyati samaradorligini va davlat korxonalari rahbarlari va mutaxassislari kasbiy malakasini oshirish yuzasidan tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha vazifalar qo‘yilgan. Shu bois, energotizimlar va xalqaro kompaniyalar amaliy tajribasini hisobga olgan holda yuklangan vazifalarni bajarishda ushbu Konferensiyani o‘tkazish katta ahamiyatga ega.

Ishlab chiqarish energosamaradorlikni oshirish maqsadida Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi va boshqa moliya institutlari hamda yetakchi xalqaro kompaniyalar ishtirokida Navoiy IESni kengaytirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirildi – quvvati 478 MVtga teng bug‘-gaz qurilmasi ishga tushirildi, Tolimarjon IESda quvvati 900 MVt teng ikkita bug‘-gaz qurilmasi, Toshkent IESda quvvati 370 MVtga teng bug‘-gaz qurilmasi, Toshkent IEMda quvvati 27 MVtga teng kogeneratsion gazoturbina qurilmasi, Angren IESda quvvati 150 MVtga teng yuqori kulchan ko‘mirli energoblok ishga tushirildi hamda yangi energosamarador va innovatsion loyihalar amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunda "O’zbekenergo" AJ hamda OTB o‘rtasida jami 1mlrd. 700 ming AQSh dollariga teng loyihalar investitsiyalashtirilmoqda. Kelgusida yana 1 mlrd. AQSh dollariga teng loyihalarni OTB tomonidan moliyalashtirish rejalashtirilmoqda.

Ushbu energobloklar ekologiyani yaxshilash va ekvivalent elektroenergiya hajmini ishlab chiqarish uchun tabiiy gaz sarfini ikki baravar kamaytirish imkonini berdi. Hozirgi vaqtda issiqlik elektrostansiyalarida elektr quvvatining 30 foizini yangi energosamarador energobloklarda ishlab chiqarilmoqda.

Ko‘rilayotgan choralar elektr energiya ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, uglevodorod yonilg‘iga bog‘liqlikni kamaytirish va albatta, mamlakat iqtisodiyot tarmoqlari hamda aholisini arzon elektr energiyasi bilan ishonchli va uzluksiz ta’minlash imkonini bermoqda.
Manba: "O`zbekenergo" AJ axborot markazi
Просмотров: 782

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech