Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
28 Nov 2018

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 noyabrdagi 897-sonli “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab tajriba tariqasida Toshkent shahrining Yunusobod tumanida iste’molchilar tomonidan elektr energiyasini tejash hamda maqsadli foydalanish maqsadida maxsus tizim yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.

Unga ko‘ra, aholi iste’moli uchun elektr energiyasi bazaviy normasi oyiga bir abonentga 300 kVt. soat qilib belgilanadi. Aholi tomonidan amalda foydalanilgan elektr energiyasining bazaviy normadan ortgan qismi uchun - belgilangan tarifga 1,2 baravar o‘suvchi koeffitsientni qo‘llash amaliyotini joriy etish belgilandi. Ushbu amaliyot sinovdan o‘tsa, 2019 yilning 1 iyuliga qadar elektr energiyasi iste’moli bazaviy me’yorlarini respublika bo‘yicha amalda qo‘llanishi joriy etiladi.

Xalqimizda “Yotib eganga tog‘ ham chidamaydi”, degan naql bor. Tabiiy resurslarni o‘ylovsiz, o‘lchovsiz va hisob-kitobsiz hamda samarasiz sarflash ham ana shunday emirilishlarga olib kelishi, shubhasiz. Keyingi yillarda butun dunyoda energiya resurslariga bo‘lgan talab nihoyatda oshib bormoqda. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi esa jahonda muqobil energiya manbalaridan keng foydalanishni ko‘rsatadi. Bu borada O‘zbekistonda ham bir qator amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Shuningdek, Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib mamlakatimizda AES qurilishiga start berildi. Bu bilan esa yaqin kelajakda elektr energiyasiga bo‘lgan talabni to‘liq qondirish uchun zamin yaratilmoqda.
Manba: "O`zbekenergo" AJ axborot markazi
Просмотров: 202
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech