Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
6 Mar 2019

“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2019 yil 6 mart kuni “O‘zbekiston Milliy matbuot markazi”da “Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini tatbiq etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda “O‘zbekenergo” AJ mutasaddilari, soha mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Ma’lumki, Prezidentimizning 2018 yil 23 oktyabrda “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 2021 yil yakunigacha 7 milliondan ortiq iste’molchilarning barchasi elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanishi belgilab berilgan edi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, “O‘zbekenergo” AJ tomonidan 2021 yil yakuniga qadar 7 milliondan ortiq iste’molchilarning barchasi hamda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi va taqsimlovchi korxonalar yagona elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga to‘liq ulanishi ko‘zda tutilgan.

Shunga ko‘ra, Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida Janubiy Koreyaning “KT Corporation” kompaniyasining hamda Qo‘qon, Angren shaharlari “Toshelectroapparat” MCHJ XKning elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha zamonaviy hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Hozirda Qo‘qon shahrida 53 097 dona va Angren shahrida 42 711 dona “Toshelektroapparat” MCHJ XK tomonidan yetkazib berilgan hisoblagichlar o‘rnatildi. Anjumanda 2019-2020 yillarda Farg‘ona va Toshkent viloyatlarining barcha iste’molchilariga zamonaviy elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanishi aytib o‘tildi.

Shuningdek, Buxoro shahrida 42 ming dona, Jizzax shahrida 22 ming, hamda Samarqand shaharida 45 mingdan ortiq elektr hisoblagichlar o‘rnatildi. 2019 yil mobaynida Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida 1,0 mln. dona va 2020 yil birinchi yarim yillikda 400 ming dona zamonaviy hisoblagichlarni o‘rnatish rejalashtirilgan.

“Obod qishloq” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyatining Manas qo‘rg‘onida 2018 yilda jami 1144 ta iste’molchilarga «Toshelektroapparat» MCHJ XK tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy elektron hisoblagichlar o‘rnatildi.

Shu bilan birga, joriy yilning martidan boshlab, Toshkent shahrining Yunusobod tumanida «Elektron Hisoblagich» QK tomonidan yetkazib berilgan zamonaviy elektr hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari boshlandi. Joriy yilda Toshkent shahrining barcha tumanlari avtomatlashtirilgan tizimga ulanishi ko‘zda tutilgan.

Quvonarlisi, zamonaviy hisoblagichlarning asosiy qismi mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan etkazib berilmoqda. Bu hisoblagichlar avvalgilaridan 20 dan ziyod funksiyalarni bajara olishi bilan farqlanadi.

Xususan:

Iste’molchilar uzundan-uzun navbatlarda turishmaydi

Istemolchilarimiz kelgusida elektr ta’minoti korxonasi yoki banklar eshigida uzundan-uzun navbatlarda turishmaydi. Elektr hisoblagichlarning ko‘rsatkichlarini suratga olib, Majburiy ijro byurosi (MIB)da nimanidir isbotlashga majbur bo‘lishmaydi. «Hisoblagichingiz ko‘rsatkichini yozib olay», deb hech kim bezovta ham qilmaydi.

SMS xabar orqali barcha ma’lumotlar avtomatik tarzda yetkaziladi

Hisoblagich o‘rnatilgach, tizimga ulanadi, kod kiritilib, hisob raqam ochiladi. Iste’molchilarga SMS xabar orqali barcha ma’lumotlar avtomatik tarzda yetkazib turilishi dasturning o‘ziga xos jihatlaridan biri. Mobil telefon raqamimizga ulanishi to‘lovni uydan chiqmay “on-line” rejimida amalga oshirish imkonini beradi. Muhimi, «shaxsiy kabinet» orqali har bir iste’molchi qancha elektr energiyasi sarflaganini kuzatib turishi mumkin bo‘ladi.

Yangi tizimda hisoblagichimizdagi ma’lumotlarni kompyuter nazorat qiladi. Elektr ta’minoti korxonasi xodimlari uyma-uy yurishga sarflaydigan vaqtini tarmoqlarning texnik holatini yaxshilashga sarflaydi. Demak, yangi tizim nafaqat aholiga, balki, soha xodimlariga ham qulaylik yaratadi. Ya’ni, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini tatbiq etilishi iste’mol qilingan energiya haqidagi ma’lumotlarni yig‘ishda inson omili ta’sirini kamaytiradi.

Ta’minotda cheklov bo‘lmaydi

Elektr energiyasi shunday narsaki, uni ishlab chiqarish bilanoq iste’molchiga yetkazish berish kerak bo‘ladi. Uni omborga joylab, zaxira qilib bo‘lmaydi.

Shu bois, har bir hudud uchun elektr sarfi taxminiy hisoblanib, «limit» ajratilar edi. Endilikda yangi tizimda barcha ma’lumotlar aniq ko‘rinib turishi bois ta’minotda cheklov bo‘lmaydi.

Ushbu «Aqlli» hisoblagichlarning yana bir xususiyati shundaki, ma’lumotlarni soxtalashtirishga urinish, ya’ni hisoblagichga ta’sir o‘tkazish holatlari yuzaga kelsa darhol o‘chadi va tizimga xabar jo‘natadi. Shuningdek, energiya to‘lovi to‘lanmagan taqdirda masofadan o‘chish xususiyatiga ham ega. Ushbu hisoblagichlar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 10 yilda bir marotaba qiyoslovdan o‘tkaziladi.

Plastikli hisoblagichi borlarning plastik kartasida qolgan pul mablag‘i yangi hisoblagich uchun ochilgan hisob raqamga tushirib beriladi.

Tadbir yakunida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.
Manba: "O`zbekenergo" AJ axborot xizmati
Просмотров: 692

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech