Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
28 Sep 2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 iyundagi PQ-3079-sonli “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2017-2018 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, hamda yaqinlashib kelayotgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, “O’zbekenergo” AJ tomonidan buyruq ishlab chiqilib aniq chora-tadbirlar tasdiqlandi. Jumladan, elektr stansiyalar va tarmoqlarni kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash uchun ishlarni muvofiqlashtiruvchi ishchi nazorat komissiyalari tashkil etildi. Energetika uskunalarini ta’mirlash va rezerv yoqilg‘i to‘plash, shuningdek, energetika uskunalarining texnik holatini ko‘rib chiqish, profilaktik sinovlardan o‘tkazish jadvallari tasdiqlandi.

Elektr stansiyalar va elektr tarmoqlardagi asosiy texnologik uskunalarni ta’mirdan chiqarish energetika tizimining barqaror ishlashidagi asosiy shart hisoblanadi.

2017 yilga belgilangan ta’mirlash jadvaliga ko‘ra aksiyadorlik jamiyati tomonidan 14ta energoblok, 15ta qozon agregat, 3ta turbogeneratorlarni ta’mirlash ishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Ushbu joriy ta’mirlash jadvaliga muvofiq elektr stansiyalarda 9ta energoblok, 153ta qozon agregati, 2ta turbogenerator qurilmasida ta’mirlash ishlari tugatildi.

Shuningdek, 3ta energoblok, 1ta qozon agregati, 1ta turbogeneratorlarida ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

Bugungi kunda elektr tarmoqlarida 18,3 ming km dan ortiq 0,4 - 110 kV elektr uzatish liniyalari hamda 4327 ta transformator punktlari mukammal ta’mirlandi.

Respublikaning maishiy iste’molchilarini elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida 270 ta o‘ta yuqori yuklanish bilan ishlagan transformatorlarni almashtirish maqsadida turli kuchlanishli 286 dona transformatorlar zaxirasi yaratildi.

Hozirgi kunda 2017-2018 yillarning kuz-qish mavsumida elektr stansiyalar va tarmoqlarning uzluksiz ishlashiga tayyorgarlik ko‘rish choralari va elektr energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha belgilangan topshiriqlarni bajarish, hamda elektr energiyasini kuz-qish mavsumida uzluksiz iste’molchilarga yetkazib berish maqsadida “O’zbekenergo” AJ tomonidan tadbirlarni amalga oshirish ishlari davom etmoqda.
Manba: не указан
Просмотров: 402

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech