Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
11 Apr 2018

Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O’zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining qarori bilan Qo‘llaniladigan texnologiyalar va asbob-uskunalarning energiya jihatdan samaradorlik ko‘rsatkichlariga muvofiqligi, shuningdek yoqilg‘ining muqobil turlaridan foydalanish to‘g‘risida xulosalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Bunday xulosalar «O’zdavenergonazorat» va «O’zdavneftgazinspeksiya» inspeksiyasi tomonidan «Energiyani tejash milliy kompaniyasi» AJ bilan birgalikda tabiiy gaz va elektr energiyasini realizatsiya qilishda narx belgilashning alohida tartibi belgilangan iste’molchi tashkilotlarga beriladi.

Tahririyatdan: Mohiyatan olganda, ushbu xulosa faqat pishirilgan g‘isht, asfalt va sement ishlab chiqaruvchi, energiya jihatidan samarali texnologiyalar va uskunalarni joriy etgan, shuningdek yoqilg‘ining muqobil turlaridan (ko‘mirdan), shu jumladan sement ishlab chiqarishning «quruq usuli»dan foydalanuvchi korxonalarni qiziqtiradi. Xulosa mavjud bo‘lganda ular iste’mol qilinadigan tabiiy gaz haqini amaldagi tarifga (1 kub m uchun 289,74 so‘m) nisbatan 1,6 koeffitsiyentni qo‘llagan holda, ya’ni 1 kub m uchun 463,6 so‘mdan to‘laydilar. Bu gaz va elektr energiyasi uchun narx belgilashning alohida tartibi belgilangan boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar 1 kub m uchun 1000 so‘mdan to‘laganidan ko‘ra 2 baravar foydaliroq.

Xulosa olish uchun tashkilot «O’zdavenergonazorat» yoki «O’zdavneftgazinspeksiya» inspeksiyasining hududiy bo‘limiga ariza bilan murojaat qiladi, unga standartlashtirishga doir normativ hujjatning nusxasini ilova qiladi. Unda ular tomonidan qo‘llaniladigan texnologiyalar va asbob-uskunalarning energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlari aks ettiriladi.

Ariza qog‘oz yoki elektron shaklda taqdim etilishi mumkin. Ariza ilova qilingan hujjatlar bilan birga 2 nusxada ko‘paytirilib, biri «Energiyani tejash milliy kompaniyasi» AJga, ikkinchisi esa – tegishincha «O’zdavenergonazorat» yoki «O’zdavneftgazinspeksiya» inspeksiyasining hududiy bo‘limiga yuboriladi.

Inspeksiyalar mutaxassislari ariza olingan kundan boshlab 5 ish kuni ichida tashkilotga borgan holda qo‘llaniladigan texnologiyalar va asbob-uskunalarning standartlashtirishga doir normativ hujjatga muvofiqligi, shuningdek yoqilg‘ining muqobil turlaridan foydalanilayotganligini o‘rganadilar. Mutaxassislar tashkilotda sertifikatlangan va energiya jihatdan samarali asbob-uskunalar va priborlar qo‘llanilayotganini ham o‘rganadilar.

O’rganish natijalari yuzasidan 2 nusxada ma’lumotnoma tuziladi, u inspeksiyalar mutaxassislari, tashkilotning rahbari yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Ma’lumotnoma «Energiyani tejash milliy kompaniyasi» AJga yuboriladi, bu yerda u 10 kun ichida o‘rganib chiqiladi.

"Energiyani tejash milliy kompaniyasi" AJ qo‘llanilayotgan texnologiyalar va asbob-uskunalarni energiya jihatdan samaradorlik ko‘rsatkichlariga muvofiq (yoqilg‘ining muqobil turlaridan foydalaniladi) deb topganda xulosani rasmiylashtiradi va uni shu kunning o‘zida tegishli inspeksiyaning hududiy bo‘limiga keyinchalik tashkilotga berish uchun yuboradi. Xulosa kompaniya va inspeksiyalarning hududiy bo‘limlari rahbarlari tomonidan imzolangan hamda ularning muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Xulosa 5 yil muddatga beriladi. Unga asoslantiruvchi hujjatlar ilova qilinadi.

Xulosa aksincha bo‘lsa, asoslantirilgan xat tayyorlanadi, u keyinchalik tashkilotga taqdim etish uchun tegishli inspeksiyaning hududiy bo‘limiga yuboriladi.
Hujjat 3.04.2018 yildan kuchga kirdi.
Manba: www.norma.uz
Просмотров: 628

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech