Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
27 Mar 2019

Jizzax viloyatiga 2018 yil davomida 1687,8 mln. kVt.soat elktr energiyasi yetkazib berildi. Xususan, “Past kuchlanishli tarmoqlarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish Dasturi” hamda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 2018 yilda 359,5 km uzunlikdagi past kuchlanishli elektr tarmoqlari va 208 ta transformator punktida yangi qurilish va rekonstruksiya ishlari bajarildi.

2018-2019 yillarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun 1131,2 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari va 224 ta transformator punktlari hamda 2 ta 110 kV kuchlanishli transformatorlar mukammal ta’mirlandi. Qolaversa, 2968,2 km elektr uzatish tarmoqlari, 890 ta transformator punktlari va 103 ta 35-110 kVli podstansiyalar joriy ta’mirlandi. Natijada, 72946 nafar xonadonlarning elektr ta’minoti yaxshilandi.

Bundan tashqari, joriy yilda Jizzax shahri va Sh.Rashidov tumanlarining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida Jizzax shahrida joylashgan “O‘rda” podstansiyasida quvvati 25000 kVAli 2 ta va Zarbdor tumanida joylashgan “Oqbuloq” podstansiyasida quvvati 25000 kVAli 1 ta kuch transformatorlari o‘rnatilib ishga tushirildi. G‘allaorol tumani markazida joylashgan “Yangiqo‘rg‘on” podstansiyasiga qo‘shimcha 16000 kVA kuch transformator o‘rnatildi. Zomin tumanida joylashgan “Zomin” podstansiyasida to‘liq rekonstruksiya ishlari bajarilmoqda.

Joryi yilda ham bir qancha ishlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Hususan,uzunligi381,9 km bo‘lgan 0,4-10 kV li elektr uzatish tarmoqlarini hamda 147 komplekt transformator punktlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish rejalashtirilgan.

2019-2020 yillar kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida uzunligi 1142 km bo‘lgan 0,4-110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va 226 ta transformator punktlari mukammal ta’mirlanishi ko‘zda tutilgan.

Qolaversa, 2019-2020 yillar davomida aholining elektr eergiyasi ta’minotiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida tuman markazlarida uzunligi 294,4 km bo‘lgan 0,4-10 kV havo elektr uzatish tarmog‘i hamda 202 ta 10/0,4 kVli transformator punktlari rekonstruksiya, modernizatsiya va mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini tatbiq etish bo‘yicha ham jadal ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda Jizzax shahrida 41 150 nafar iste’molchilardan 31 669 nafar iste’molchilarga zamonaviy elektr hisoblagichlar o‘rnatildi va elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga to‘liq ulandi. Bundan tashqari, viloyatdagi 222 369 nafar iste’molchilarning elektr hisoblagichlari viloyat Hudiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 2019-2021 yillar davomida bosqichma-bosqich etkazib beriladi.

Viloyatda ayni paytda 72 942 dona elektr hisoblagichlar va 213 ta konsentrator qurilmalari etkazib berildi. Joriy yil yakunigacha 180 000 ta zamonaviy elektr hisoblagichlar etkazib berilishi rejalashtirilgan.
Manba: "O`zbekenergo" AJ axborot xizmati
Просмотров: 353

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech