Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
13 Oct 2017

6 oktabr kuni “O’zbekenergo” AJning majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligi munosabati bilan “Baxtimiz qomusi va obodlik dasturi” mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etish, yoshlarimiz qalbida qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat tuyg‘usini kuchaytirish, ularning xuquqiy ongi va madaniyatini oshirish hamda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligiga bag‘ishlangan targ‘ibot-tashviqot va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga asosan o‘tkazilgan seminarda “O’zbekenergo” AJ tizimiga kiruvchi korxona rahbarlari va xodimlari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining mas’ul xodimlari va mutaxassislari ishtirok etdi.

Toshkent Davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi B.Qosimov, “O’zbekenergo” AJ Boshqaruv raisi R.Rayimov va boshqalar Konstitutsiya huquqiy davlatning asosiy belgisi bo‘lib, unda jamiyatning ijtimoiy siyosiy xususiyatlari, taraqqiyotining bosh mezonlari, mamlakatning ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari o‘z ifodasini topishini alohida ta’kidladilar.

Shuningdek, tadbir davomida Bosh qomusimizning qabul qilinishi tarixi, uning bugungi kunda respublikamizning har bir fuqarosi hayotidagi o‘rni va vatanimiz taraqqiyotida konstitutsiyamizning ahamiyati haqida yig‘ilganlarga ma’lumotlar berib o‘tildi.

Ochiq munozara va fikr almashish ruhida o‘tgan tadbirda tashrif buyurgan mutasaddilar yig‘ilganlarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berdi.