Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
22 Nov 2018

Markaziy Magistral elektr tarmoqlari «O‘zelektrtarmoq» unitar korxonasi filiali hisoblanadi. Markaziy MET ning asosiy vazifalari elektr energiyasini hosil qiluvchi korxonalardan (elektr stansiyalar) taqsimlovchi ya’ni hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga elektr energiyasini yuqori kuchlanishli magistral elektr uzatish tarmoqlari orqali uzatishdan iboratdir.

Markaziy MET lari Toshkent , Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida o‘z bo‘linmalariga ega. Markaziy MET lari 500, 220, 110 va 35 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari (liniyalari), 110-500 kVlik podstansiyalariga ega.

Hozirgi kunda Jizzax viloyatidagi “Jizzax” va Toshkent shahridagi “Qo‘yliq” podstansiyalaridagi 125 MVA quvvatga ega bo‘lgan kuch transformatorlarini 200 MVA quvvatli xorijda ishlab chiqarilgan zamonaviy transformatorlariga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu ishlarni samarasi tufayli yangi barpo etilayotgan ishlab chiqarish korxonalarini elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlari qondiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 12 iyundagi 168 sonli «Ishlab chiqarish korxonalarining energiya samaradorligini oshirish» bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlari loyihasi to‘g‘risidagi» qaroriga asosan 500kV kuchlanishli «Toshkent» podstansiyasida 6 dona va 220kV kuchlanishli «Quylik» podstansiyasida 220-110-35 kVlik jami 36 dona havoli o‘chirgichlar zamonaviy Xitoy davlatining kompaniyasining elegazli o‘chirgichlariga almashtirildi. Hozirda 220 kVli “Chirchiq” podstansiyasida 220 kVli havoli o‘chirgichlarini zamonaviy elegazli o‘chirgichlariga almashtirish bo‘yicha qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyiha almashtirilayotgan elektr qurilmalaridan 18-20 yil mobaynida ta’mirlash ishlarsiz foydalanish imkoniyatlarini yaratishi bilan bir qatorda, korxona energoob’ektlarning ishonchli ishlashini ta’minlash bo`yicha har yili bajariladigan ta’mirlash ishlari uchun ajratilayotgan xarajatlarni keskin darajada kamayishiga, elektr qurilmalarining mustahkam va ishonchli ishlashini ta’minlashga hamda ishlab chiqarish jarayonidagi mavjud elektr energiya uchun texnologik sarflarning tejalishiga zamin bo‘ladi.

Quyidagi fotosuratlarda eskirgan elektr qurilmalarini yangi zamonaviy qurilmalariga almashtirilgan lavhalari aks ettirilgan:


Manba: "O`zbekenergo" AJ axborot xizmati
Просмотров: 800

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech