Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
12 Mar 2018

Korxonada yoshlarning bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli va mazmunli o‘tkazish, iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga o‘z imkoniyatlarini namoyon etishlari uchun shart-sharoit yaratish maqsadida, joylarda yoshlar bilan tashkil etilayotgan uchrashuvlar o‘z samarasini bermoqda.

Xususan, joriy yilning 8 yanvar kuni “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ yoshlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda bir qator masalalar muhokama qilinib, korxonada mehnat qilayotgan yoshlardan iborat quvnoqlar va zukkolar jamoasini tashkil etish bo‘yicha taklif yoshlar tomonidan maqullangan.

Korxonaning faol, tashabbuskor yoshlari tomonidan joriy yilning 6 mart kuni korxonada faoliyat yuritayotgan ayollar uchun maxsus “8 Mart Xalqaro xotin-qizlar” kuniga bag‘ishlangan musiqiy bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir oldidan korxona rahbari Q.X.Ganiyev, O’zbekiston energetika xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi O.Ismoilov va Navoiy viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Farrux Xudoyarovlar so‘zga chiqib, barcha korxonadagi xotin-qizlarni bayram bilan chin qalbdan tabrikladilar. Tadbirda korxonada mehnat qilayotgan bir guruh yoshlar maxsus tayyorlangan musiqiy chiqishlari bilan bayram qatnashchilariga o‘zlarining betakror musiqiy tabriklarini yo‘llab, ularning dillarini shod etishdi. “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJning yaqinda tashkil etilgan “O’zimizning yigitlar” quvnoqlar va zukkolar jamoasi esa o‘zlarining hazil va mutoyibaga boy bo‘lgan sahna ko‘rinishlari bilan barchaga yuqori kayfiyat ulashishdi.

Bayram tadbiridan so‘ng korxona rahbariyati bilan yoshlar uchrashuvi ham tashkil etildi. Uchrashuvda yoshlar faol ishtirok etib, muammolari, tashabbuslari, o‘zlarini o‘ylantirayotgan fikr-mulohazalari va takliflari bilan o‘rtoqlashdilar.

Yoshlarni o‘ylantirayotgan bir qator muammolar hal etilib, yoshlarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishlarida va sport tadbirlarini tashkillashtirishda va turizm masalalarida amaliy yordam ko‘rsatiladigan hamda korxonaning o‘zida chet tillarini o‘rganish bo‘yicha shart-sharoitlarni yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.
Manba: не указан
Просмотров: 364

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech