Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
17 Sep 2018

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi qaroriga asosan Djamshid Abdusalamovich Abdusalamov “O’zbekenergo”AJ boshqaruvi raisining Istiqbolli rivojlantirish va investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasiga tayinlandi.

Djamshid Abdusalamovich Abdusalamov 2005 yilda O’zbekiston Milliy universitetining yuridik fakultetini, 2010 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Djamshid Abdusalamovich Abdusalamov lavozimga tayinlangunga qadar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari bo‘yicha Axborot tahlil departamentining sektori mudiri vazifasida ishlagan.

Bundan avvalroq D. A. Abdusalomov O’zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi savdo vazirligida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan, xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish boshqarmasini boshqargan.
Manba: "O`zbekenergo" AJ axborot markazi
Просмотров: 236

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech