Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
12 Apr 2019

So‘ngi yillarda mamalakatimizda, eng avvalo iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini jadal rivojlantirish, investitsiyaviy jozibadorlik va ishbilarmonlik faolligini oshirish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini kengaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Shular qatori energiya samaradorligi va aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida ham ulkan ishlar olib borilmoqda.

– Elektr energiyasi sohasida chet ellik investorlarni hamkorlik shartlari bilan yaqindan tanishtirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasida ishlarni muvofiqlashtirish, investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirish, salohiyatli investorlarni aniqlash va mavjud muammolarni hal qilish maqsadida “O‘zbekenergo”AJda haftaning har chorshanba kuni “Investitsiya kuni” deb e’lon qilindi, – deydi “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov.

– Shunga ko‘ra, haftaning har chorshanba kunida jamiyat rahbariyati elektr energiyasi sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor bo‘lgan investorlar bilan shaxsan uchrashishga, sohaga yo‘naltirilayotgan kapital qo‘yilmalarning afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berib, barcha savollarga javob qaytarishga tayyor.

Manba: "O`zbekenergo" AJ axborot xizmati
Просмотров: 107

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech