Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
20 Sep 2018

Joriy yilning 19 sentyabr kuni Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha "O’zbekenergo" AJ hamda Koreyaning “KT Corporation” kompaniyasi o‘rtasida qo‘shimcha bitim imzolandi.

Mazkur bitimga ko‘ra OTBning (Osiyo taraqqiyot banki) moliyaviy ko‘magida respublikamizning Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida to‘liq avtomatlashtirilgan tizim joriy etish nazarda tutilgan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki mazkur ko‘shimcha bitim kelajakda butun respublika bo‘ylab ushbu loyihani amalga oshirish imkonini yaratadi.

"Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi” loyihasini amalga oshishi natijasida elektr energiyasini yetkazib berishdagi isrof miqdorini kamaytiriladi hamda iste’molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun qarzdorlikni o‘sishi oldi olinadi.

Bitmini imzolash marosimida Koreya Respublikasining O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yun Vu Kvon, “KT Corporation” kompaniyasi, Investitsiyalar bo‘yicha Davlat qo‘mitasi hamda "O’zbekenergo" AJ rahbariyati ishtirok etishdi.
Manba: "O`zbekenergo" AJ axborot markazi
Просмотров: 271

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish