Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
11 Jan 2019

Ma’lumki, aholini uzluksiz va sifatli elektr energiya bilan ta’minlashdek eng muhim hayotiy ehtiyojlarini qondirish borasida so‘nggi ikki yil davomida tarixiy ishlar amalga oshirildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida elektr energetika tizimi mutasaddilari bilan ko‘plab uchrashuvlar o‘tkazilishi hamda sohani kompleks rivojlantirishga qaratilgan qator farmon va qarorlari e’lon qilingani so‘zimiz isbotidir.

Ma’lumki, «O‘zbekenergo» AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 – 2021 yillarda past kuchlanish tarmoqlarni modernizatsiya va yangilash Dasturi to‘g‘risida»gi qarori, «Obod qishloq» hamda «Obod mahalla» davlat dasturlari asosida o‘z mablag‘lari va xorijiy investitsiyalar orqali mamlakatimiz bo‘ylab rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari jadal amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida “O‘zbekenergo”AJ tomonidan hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ishlari izchil amalga oshirilmoqda. Jumladan, jamiyat tomonidan 40 ta maxsus burg‘ulovchi BM-205D rusumli zamonaviy burg‘ulash, yuk ko‘tarish va tashishga mo‘ljallangan yangi texnikalar xarid qilindi va bosqichma-bosqich hududlarga etkazib berildi.

Ushbu texnikalar burg‘ulash hamda aloqa va elektr uzatgich tarmoqlari uchun tayanchlarni o‘rnatish, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini ta’mirlashda ishlatiladi. SHuningdek, kichik qurilish obe’ktlarini rejalashtirish, chuqurlarni qazish hamda quyma materiallarni kichik masofalarga tashishga, ayniqsa, dala va tog‘li hududlardagi ishlarimizda juda qo‘l keladi.

Ushbu texnikaning pastki qismida gidravlik tarzda burg‘ulashning mavjudligi va aylanish tezligini avtomatik boshqarilishi burg‘ulashning eng maqbul va tezkor usulini tanlash imkonini beradi. Ushbu texnikaning asosiy ko‘rsatkichlari: Burg‘ulash chuqurligi – 3 metrgacha; Burg‘ulash diametri – 0,36;0,50; 0,63; 0,8; Yuk ko‘tarish quvvati – 1400 tonna; Yuk ko‘tarishning umumiy balandligi – 7,0 metr va umumiy og‘irligi – 6500 kg.ni tashkil etadi.

Shu bilan birga, elektr uskuna va tarmoqlarni yangilashda zamonaviy texnologiyalar tayanchda o‘rnatilgan germetik transformatorlar, izolyasiyalangan SIP simlardan foydalanish natijasida, elektr energiyasini uzatishdagi texnologik yo‘qotishlarni kamayishi, uzilishlar sonining keskin kamayishi, inson hayotiga xavf soluvchi omillarning oldi olinishi va mustahkamlikning oshishi kabi natijalarga erishilmoqda. Natijada, tarmoqqa noqonuniy ulanishlar oldi olindi, iste’molchilar mustahkam va ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlandi, xodimlarning elektr uskunalarda havfsiz ish olib borishi uchun sharoit yaratildi.

Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekenergo”AJ tomonidan o‘tgan yilda Davlat dasturlari asosida mamlakatimizda 7229,6 km. elektr uzatish tarmoqlari va 2500 ta transformator punktlari rekonstruksiya va modernizatsiya qilindi. Buning natijasida mamlakatimizda 660 dan ortiq mahallalarda 267 mingdan ortiq iste’molchilarning elektr energiya ta’minoti yaxshilandi.
Manba: "O`zbekenergo" AJ axborot xizmati
Просмотров: 305

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech