Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
20 Oct 2018

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi F-5346-sonli farmoyishiga muvofiq “O'zbekenergo” AJ Tolimarjon IESda quvvatini 900 MVtga bo'lgan navbatdagi ikkita bug'-gaz qurilmasini bunyod etishga kirishdi. Loyihadan maqsad zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalarni qo'llash hisobiga ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish, mamlakat energotizimi faoliyatining barqarorligi va xavfsizligin mustahkamlash hamda Respublikadagi iste'molchilarni energiya bilan barqaror ta'minlash, mahsulot ishlab chiqarishda energoresurslar solishtirma sarfini qisqartirish, atrof muhitga ta'sirni kamaytirishdan iborat.

Loyihani yakunlash taxmin qilinayotgan sana - 2023 yil.

Loyiha doirasida 2017 yil 12 dekabrda Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) Direktorlar kengashi 450 mln. AQSh dollariga teng kredit mablag'ini tasdiqdladi va 2018 yil 20 iyunda O'zbekiston Respublikasi bilan Osiyo taraqqiyot banki o'rtasida kombinatsiyalangan tsiklli zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalardan foydalangan holda qo'shimcha ishlab chiqarish uskunlarini o'rnatish uchun kredit bitimi imzolandi.

Loyiha bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki (YeTTB) o'rtasida miqdori 225 mln. AQSh dollariga teng loyihani moliyalashtirish bo'yicha mandat maktubi imzolandi.

Hozirgi vaqtda loyihaning texnik-iqtisodiy asosi (TIA) ishlab chiqilmoqda. “O'zbekenergo” AJ “Tolimarjon issiqlik elektrostantsiyasini umumiy quvvati kamida 900 MVt bo'lgan navbatdagi bug'-gaz qurilmalarini bunyod etish bilan kengaytirish” loyihasini amalga oshirishni boshqarish va nazorat qilish bo'yicha konsalting xizmatlarini ko'rsatishga xalqaro tender savdolarini e'lon qildi.

Manba: "O`zbekenergo" AJ axborot markazi
Просмотров: 198

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech