Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
15 Aug 2018

“O'zbekenergo” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan 2018 yil 15 avgust kuni O'zbekiston Milliy matbuot markazida “Iste'molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, belgilangan chora-tadbirlar, erishilgan natijalar va muammolar” mavzusida matbuot anjumani o'tkazildi.
Istiqlol yillarida mamlakatimiz iqtisodiyotining elektr energetika sohasi jadal sur'atlar bilan rivojlanib, O'zbekiston energiya manbalari bo'yicha nafaqat o'zini-o'zi to'liq ta'minlaydigan, balki eksport qiluvchi davlatga aylandi.
Joriy yilda Respublika bo'yicha elektr energiyasini ishlab chiqarilishi 63,8 mlrd. kVt∙soatdan ortiq bo'lib, shundan “O'zbekenergo” AJ issiqlik elektr stantsiyalari 57,0 mlrd. kVt∙soat (90 foiz), “O'zbekgidroenergo” AJ gidroelektrstantsiyalari - 6,1 mlrd. kVt∙soat (10 foiz) tashkil etadi.
Elektr energetika sohasini bosqichma-bosqich rivojlantirish, elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va sotish tizimida jahon tajribalariga mos iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda elektr energiyasini hosil qilishga doir loyihalarni qisqa muddatlarda amaliyotga jadal joriy etish, iste'mol hajmlarini kengaytirishda aholi sonining o'sishi va hududlarning rivojlanish istiqbollarini hisobga olish kabi masalalar kun tartibida turibdi.
Aholining elektr energiyasiga bo'lgan ehtiyoji ham kundan kunga ortib bormoqda - 2000 yilda bitta xonadonda oyiga elektr energiya iste'moli 114 kVt∙soatni tashkil etgan bo'lsa, 2018 yilga kelib bu ko'rsatkich 160 kVt∙soatni tashkil etib, 10,3 foizdan 25,9 foizga ortdi.
Buning sababi aholining turmush darajasining o'sishi natijasida turli maishiy elektr jihozlari, ya'ni qish-yoz konditsionerlari, mikroto'lqinli pechlar, televizorlar, kompyuter texnikalari, kir yuvish mashinalari va hokazolarni turmushda foydalanish ko'lami ortayotganligidir.
Jamiyat tomonidan, Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda asosiy e'tibor iste'molchilarning foydalanilgan elektr energiyasi uchun to'lov intizomini mustahkamlash hamda mavjud qarzdorlikni o'z vaqtida va to'liq undirishga qaratilmoqda.
Tadbirda jurnalistlarning qiziqtirgan savollariga batafsil javob qaytarildi.

Manba: не указан
Просмотров: 337

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech