Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
19 Jul 2018

“O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati O’zbekiston yoshlari uchun respublikaning barcha hududlarida bo‘sh ish o‘rinlari tanlovini e’lon qiladi.

Yosh mutaxassislarni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishga taklif qilamiz:

· muhandis;

· muhandis-energetik;

· issiqlik texnikasi muhandisi;

· muhandis-mexanik;

· muhandis-loyihalovchi;

· axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis;

· aloqa bo‘yicha mutaxassis;

· yurist;

· texnik xodimlar (elektr montyor, elektr payvandchi);

· hisobchi;

· iqtisodchi.

Barcha yosh mutaxassislarni quyidagi manzillar bo‘yicha 2018 yil 28 iyul kuni suhbat asosida ishga taklif etamiz:

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi: Nukus sh., Beruniy ko‘chasi, “Nukus HETK” AJning ma’muriy binosida. Telefon: +99897 788-81-18;

- Buxoro viloyati: Buxoro sh., Sanoatchilar sh., 1/1 uy, “Buxoro HETK” AJning ma’muriy binosida. Telefon: +99891 312-43-16;

- Qashqadaryo viloyati: Nishon tumani, Nuriston qishlog‘i, «Tolimarjon IES» UK qoshidagi madaniyat uyida. Telefon: +99891 462-86-00

- Namangan viloyati: Namangan sh., Marg‘ilon ko‘chasi, 8 uy. Telefon: +99893 942-56-56;

- Navoiy viloyati: Karmana tumani, Karmana madaniyat va san’at kasb-hunar kollejida (mo‘ljal: Karmana avtostansiyasi). Telefon: +99893 317-11-74;

- Samarqand viloyati: Samarkand sh., Gagarin ko‘chasi, 151 uy. Telefon: +99891 528-98-81;

- Surxondaryo viloyati: Termez sh., at-Termiziy ko‘chasi, 10 uy. Telefon: + 99893 790-80-81;

- Sirdaryo viloyati: Guliston sh., “Sirdaryo HETK” AJ binosi. Telefon: +99890 919-02-65;

- Toshkent viloyati: Nurafshon sh., Sport ko‘chasi, 27 uy, 12-sonli musiqa maktabida. Telefon: +99890 933-30-47;

- Farg‘ona viloyati: Farg‘ona sh., Mustaqillik ko‘chasi, 3 uy. Telefon: +99893 980-70-07;

- Xorazm viloyati: Urgench sh., Xamka ko‘chasi, 36/1 uy, “Xorazm HETK” AJ binosi. Telefon: +99893 922-80-00;

- Toshkent shahar: Mirzo Ulug‘bek tumani, Istiqlol ko‘chasi, 6 uy, «O’zbekenergo» AJning bosh binosida. Telefon: +99871 236-63-64.

O’zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat, oliy yoki o‘rta maxsus ta’limni tugatganligingiz haqida diplom, harbiy guvohnoma, qo‘shimcha ravishda: xorijiy til bilimi sertifikati, olimpiada hamda sport musobaqalarida erishilgan muvaffaqqiyatlar uchun faxriy yorliqlar, medallar mavjud bo‘lsa, Sizga qo‘shimcha afzallik beriladi.

Nomzodlarni aniqlash va ishga qabul qilish komissiyasi tarkibi shaxsan “O’zbekenergo” AJ Boshqaruvi raisining nazorati ostida Jamiyatning xududiy bo‘linmalari rahbarlaridan tashkil etiladi.

Suhbat natijalari nomzodlarga bir necha kun mobaynida e’lon qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni “O’zbekenergo” AJ ning (+99871) 202-50-55 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

“O’zbekenergo” AJ – mehnat faoliyatingizdagi ilk qadam!
Manba: "O`zbekenergo" AJ axborot markazi
Просмотров: 1449

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech