Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
6 Dec 2018

Ushbu tanlovni o‘tkazishdan maqsad bolalar iqtidorini aniqlash orqali ularning tabiat va energetika resurslari hamda yangi energiya tejamkor texnologiyalaridan foydalanishga jalb etishdan iborat.

Tanlovda 4 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ishtirok etishlari mumkin. Rasmlar turli materiallarga (qog‘oz, vatman va hokazo) chizilgan bo‘lishi mumkin.

Tayyor bo‘lgan ishlar 1 dekabrdan 14 dekabrga qadar «O‘zenergoaxborot» bo‘limi tomonidan «O‘zbekenergo» AJ binosining 404-xonasida qabul qilinadi.

Tanlov g‘oliblari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.

Shuningdek, tanlovda saralab olingan rasmlar «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyatining 2019 yilgi tarqatma materiallarida foydalaniladi.

Ma'lumot uchun telefonlar: (71) 236 63 64, (71) 236 63 81

«O‘zbekenergo» Matbuot xizmati

Manzilimiz: Toshkent shahri, Istiqlol ko‘chasi, 6 uy
Manba: "O`zbekenergo" AJ axborot markazi
Просмотров: 44
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech