Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
26 Apr 2018

“O’zbekenergo” AJda energetika korxonalarining barqaror ishlashi uchun zarur choralar ko‘rilmoqda. “O’zbekenergo” AJ tomonidan elektr energetikasi sohasining yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlari va barqaror ishlashiga erishish maqsadida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va ishlab chiqarilayotgan, shuningdek, ishlab chiqarish mo‘ljallanayotgan mahsulotlar tannarxini pasaytirishni ta’minlaydigan chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqildi.

Joriy yilning I choragi bo‘yicha mahsulot tannarxining pasayishi 100,8 foizni tashkil etdi.

Jamiyat korxonalari tomonidan ishlab chiqarish faoliyati prognoz parametrlarini bajarish ta’minlanmoqda. 2018 yilning I choragi yakunlari bo‘yicha sohada tovar mahsulot ishlab chiqarish hajmi 108,1 foizni tashkil etdi. Shuningdek, iste’molchilarga 15,5 mlrd. kVt·s miqdorda elektr energiyasi hamda 2,61 mln. Gkal issiqlik energiyasi yetkazib berildi.

Mahsulot va xizmatlar eksporti bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari 105,6 foizga bajarildi. Umumiy qiymati 315,9 mln. so‘mga teng mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Tarmoqlarga xizmat ko‘rsatish va loyiha-tadqiqot hamda qurilish-montaj qilish ishlari amalga oshirildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi "2018 yilgi Investitsiya va infrastruktura loyihalar ro‘yhatini tasdiqlash to‘g‘risida"gi PQ-3507 sonli qaroriga muvofiq “O’zbekenergo” AJ bo‘yicha yangi energiya ob’ektlarini qurish, amaldagilarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish bo‘yicha 5 ta investitsion loyiha amalga oshirilmoqda.

Xususan, “Taxiatosh IES 220 kV elektr uzatish liniyasi – Xorazm viloyati Sarimoy aholi punktining Xorazm NS” loyihasi bo‘yicha asbob-uskunalar sotib olish uchun pudratchi tanlash yuzasidan tender savdolari o‘tkazilmoqda;

- “Navoiy IESni quvvati 450 MVtga teng ikkinchi bug‘-gaz qurilmasini barpo etish bilan kengaytirish” va “Namangan viloyatida To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasini qurish” loyihalari bo‘yicha “Mitsubishi Corporation” va “Mitsubishi Hitachi Power Systems, Ltd.” (Yaponiya) kompaniyalari konsorsiumining bosh pudratchisi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq joriy yilda asosiy va yordamchi uskunalarni keltirish rejalashtirilgan. Qurilish maydonchasida vertikal rejalash va kotlovanlar qazish bo‘yicha tuproq ishlari yakunlandi;

- “Taxiatosh IESda quvvati 230-280 MVt dan bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasini barpo etish” loyihasi bo‘yicha “Hyunday Engineering & Construction Co. Ltd” kompaniyalari konsorsiumining bosh pudratchisi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq joriy yilning may oyidan asosiy va yordamchi uskunalarni keltirish rejalashtirilgan. Qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi "2017 - 2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qilish va yangilash dasturi to‘g‘risida»gi PQ–2661-sonli qaroriga muvofiq uzunligi 34,0 ming km bo‘lgan past voltli tarmoqlarni va 6,9 mingta transformator punktini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish nazarda tutilgan. Joriy yilda 6,8 ming km elektr liniyasi va 2129 ta transformator punktlarini foydalanishga topshirish mo‘ljallanmoqda.

Joriy yilning I choragida uzunligi 707,4 km bo‘lgan elektr tarmoqlari rekonstruksiya va modernizatsiya qilindi va 339 ta transformator punktlari o‘rnatildi.

“O’zbekenergo” AJ korxonalari tomonidan elektr energiyasi hisobini takomillashtirish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Joriy etilgandan buyon o‘tgan vaqt davomida yuridik iste’molchilarga 246,4 mingta uch fazali, 198,0 mingta bir fazali, maishiy iste’molchilarga 48,5 mingta uch fazali, 4953,2 mingta bir fazali elektr energiyani hisoblash asbobi o‘rnatib berildi.

Shuningdek, elektr energiyasi bilan bog‘liq muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, takliflarni o‘rganish maqsadida "O’zbekenergo"AJ boshqaruv raisining bevosita nazoratida "Telegram" messenjerida "O’zbekenergo bilan muloqot" kanali ishga tushirildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2017 yil 22 dekabrdagi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatida belgilangan vazifalarni bajarish bo‘yicha IEK kompleksining Vazirlar Mahkamasi Hay’ati majlisining 2018 yil 3 yanvardagi 1- son bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”dagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida jamiyatga taalluqli topshiriqlarni bajarish bo‘yicha jamiyatning “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

“O’zbekenergo” AJ bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan jamlama maqsadli parametrlarga ko‘ra 136 ta, shu jumladan investitsion loyihalarni amalga oshirish doirasida 56 ta, sohani rivojlantirish dasturi bo‘yicha 80 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish nazarda tutilgan.

Oziq-ovqat dasturi doirasida qishloq xo‘jalik mahsulotlari miqdorini oshirish bo‘yicha ishlar davom ettirildi.
Manba: не указан
Просмотров: 560

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech