Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
14 Aug 2018

“O’zbekenergo” AJda energetika korxonalarining barqaror ishlashi uchun zarur choralar ko‘rilmoqda. “O’zbekenergo” AJ tomonidan elektr energetikasi sohasining yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlari va barqaror ishlashiga erishish maqsadida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va ishlab chiqarilayotgan, shuningdek, ishlab chiqarish mo‘ljallanayotgan mahsulotlar tannarxini pasaytirishni ta’minlaydigan chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqildi.

Joriy yilning yarim yilligi bo‘yicha mahsulot tannarxining pasayishi 100,5 foizni tashkil etdi.

Jamiyat korxonalari tomonidan ishlab chiqarish faoliyati prognoz parametrlarini bajarish ta’minlanmoqda. 2018 yilning yarim yillik yakunlari bo‘yicha sohada tovar mahsulot ishlab chiqarish hajmi 100,1 foizni tashkil etdi. Shuningdek, iste’molchilarga 30,9 mlrd. kVt·s miqdorda elektr energiyasi hamda 3,95 mln. Gkal issiqlik energiyasi yetkazib berildi.

Mahsulot va xizmatlar eksporti bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari 132,1 foizga bajarildi. Umumiy qiymati 331,6 mln. so‘mga teng mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Tarmoqlarga xizmat ko‘rsatish va loyiha-tadqiqot hamda qurilish-montaj qilish ishlari amalga oshirildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi "2018 yilgi Investitsiya va infrastruktura loyihalar ro‘yhatini tasdiqlash to‘g‘risida"gi PQ-3507 sonli qaroriga muvofiq “O’zbekenergo” AJ bo‘yicha yangi energiya ob’ektlarini qurish, amaldagilarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish bo‘yicha 5 ta investitsion loyiha amalga oshirilmoqda.

Xususan:

- “To‘raqo‘rg‘on IESi qurilishi”, ”Taxiatosh IESida har birining quvvati 230-280 MVtga teng bo‘lgan 2 ta bug‘-gaz qurilmasi qurilishi”, “Energotizim nimstansiyalarida eskirgan uskunalarni almashtirish va modernizatsiyalash” hamda “Taxiatosh IES – Xorazm NS – Sarimoy aholi punkti” oraliqlarida 220 kV havo elektr tarmog‘i qurilishi” (2-lot) loyihalari uchun uskunalar va materiallarni yetkazib berish bo‘yicha takroriy tender savdolari e’lon qilindi. Natijada yuqori kuchlanishli uskunalar yetkazib berish bo‘yicha uchta lotda "O'zelektroapparat-Elektroshid" (O’zbekiston) kompaniyasi yutib chiqdi.

- “Quvvati 450 MVt ga teng bo‘lgan ikkinchi bug‘-gaz qurilmasini qurish bilan Navoiy IESni kengaytirish” loyihasi bo‘yicha gaz turbina va PGU generatori qurilish maydonchasiga o‘rnatildi. Kuch transformatorlari bosh pudratchi"Mitsubishi Co. & MHPS" tomonidan O’zbekiston Respublikasi xududiga kirib kelgan bo‘lib, bug‘ turbinasi yetkazib berilishi joriy yilning sentabr oyiga rejalashtirilgan.

- “To‘raqo‘rg‘on IESi qurilishi” loyihasi bo‘yicha, "MitsubishiCo. & MHPS" asosiy pudratchi tomonidan asosiy uskunalardan - 2 ta gaz turbinasi va generatorlarni jo‘natish chora-tadbirlari ko‘rilib ish olib borilmoqda. Joriy yilning sentyabrida ikkita gaz turbinasi, noyabr oyida 2 ta bug‘ turbinasi kelishi kutilmoqda.

Taxiatosh IESida 230-280 MVt quvvatga ega ikkita bug‘-gaz qurilmasini qurish” loyihasi doirasida joriy yilning sentabr oyida asosiy uskunalardan GT1-gaz turbinasi, GT2-gaz turbinasi va gaz turbina generatori yetib kelishi kutilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi " 2017 - 2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qilish va yangilash dasturi to‘g‘risida» gi PQ–2661-sonli qaroriga muvofiq uzunligi 34,0 ming km bo‘lgan past voltli tarmoqlarni va 6,9 mingta transformator punktini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish nazarda tutilgan. Joriy yilda 6,8 ming km elektr liniyasi va 2129 ta transformator punktlarini foydalanishga topshirish mo‘ljallanmoqda.

Joriy yilning yarim yilligida uzunligi 1681,5 km bo‘lgan elektr tarmoqlari rekonstruksiya va modernizatsiya qilindi va 354 ta transformator punktlari o‘rnatildi.

“O’zbekenergo” AJ korxonalari tomonidan elektr energiyasi hisobini takomillashtirish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Joriy etilgandan buyon o‘tgan vaqt davomida yuridik iste’molchilarga 251,5 mingta uch fazali, 203,4 mingta bir fazali, maishiy iste’molchilarga 50,6 mingta uch fazali, 5033,6 mingta bir fazali elektr energiyani hisoblash asbobi o‘rnatib berildi.

Shuningdek, elektr energiyasi bilan bog‘liq muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, takliflarni o‘rganish maqsadida "O’zbekenergo"AJ boshqaruv raisining bevosita nazoratida "Telegram" messenjerida "O’zbekenergo bilan muloqot" kanali ishga tushirildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2017 yil 22 dekabrdagi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatida belgilangan vazifalarni bajarish bo‘yicha IEK kompleksining Vazirlar Mahkamasi Hay’ati majlisining 2018 yil 3 yanvardagi 1- son bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”dagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida jamiyatga taalluqli topshiriqlarni bajarish bo‘yicha jamiyatning “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

“O’zbekenergo” AJ bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan jamlama maqsadli parametrlarga ko‘ra 88 ta yangi ish o‘rinlari yaratish nazarda tutilgan, aslida esa 255 ta yaratilgan.

Oziq-ovqat dasturi doirasida qishloq xo‘jalik mahsulotlari miqdorini oshirish bo‘yicha ishlar davom ettirildi.
Manba: не указан
Просмотров: 339

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech