Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
23 Feb 2018

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi talablari ijrosini ta’minlash va kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida “O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatida kitob yarmarkasi tashkil etildi.

“O’zbekenergo” AJ Yoshlar Ittifoqi yetakchilar Kengashi hamda “O’zdavkitobsavdota’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyati hamkorligida tashkil etilgan tadbirda jamiyat ishchi xodimlari va yoshlari faol ishtirok etdilar.

Bugungi kunda hukumatimiz tomonidan milliy adabiyotimizni rivojlantirish, buyuk ajdodlarimizning boy merosini asrab-avaylash, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilayotgan alohida e’tibor xalqimiz tafakkurini yuksaltirish, yosh avlodni bilimli, sog‘lom fikrli, ma’naviyatli insonlar etib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ilmiy-ommabop, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy, bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan kitoblar yarmarka ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Yarmarkada savdolar naqd pul va to‘lov terminallari orqali amalga oshirilayotganligi xaridorlarga manzur bo‘ldi.

– Insonning ong va tafakkurini charxlash, ma’naviy olamini boyitish, ezgulikni targ‘ib etishda kitobning o‘rni beqiyosdir, – deydi jamiyat Boshqaruv raisining o‘rinbosari Jahongir Obidjonov. – Ushbu tadbir davlatimiz tomonidan adabiyotni, kitob mahsulotlari chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor va erishilayotgan natijalarni keng jamoatchilikka namoyish etish, xalqimiz, jumladan, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ijodkorlar va kitobxonlar o‘rtasidagi muloqotni jonlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Manba: "O`zbekenergo" AJ axborot markazi
Просмотров: 518

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech