Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
6 Nov 2017

2017 yil 4 noyabrda Toshkenta shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Elektr energetika Kengashining 51-majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda MDHga a’zo mamlakatlar: Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston hamda O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlari va milliy elektr energetika kompaniyalarining rahbarlari ishtirok etdi. Shuningdek majlisda xalqaro tashkilotlar va MDH Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etishdi.

MDHga a’zo mamlakatlarning elektr energetika tizimlari birlashmasining samarali faoliyati asosida Hamdo‘stlik davlatlari iqtisodiyoti va aholisini elektr energiyasi bilan barqaror va ishonchli ta’minlash MDH elektr energetika Kengashining bosh maqsadi hisoblanadi.

Majlisni MDH Elektr energetika Kengashining prezidenti – Rossiya Federatsiyasining Energetika vaziri A.V.Novak kirish so‘zi bilan ochdi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.S. Sultonov va MDH Ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari – MDH Ijrochi kotibi S.I. Ivanov tabrik nutqi so‘zladi.

Majlisda kun tartibiga muvofiq MDHga a’zo davlatlarning Energetika tizimini 2017 - 2018 yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash to‘g‘risida ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, tadbir davomida elektr energetika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama etildi. Jumladan, “MDH doirasida elektr energetika sohasidagi xalqaro shartnomalar, hamda MDH Elektr energetika Kengashining me’yoriy va texnik hujjatlari to‘g‘risida”gi, “Ishchi guruhning energosamaradorlik va qayta tiklanuvchan energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha hujjatlari to‘g‘risida” va kun tartibidagi boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Shu bilan bir qatorda, MDHga a’zo davlatlarning elektr energetika ob’ektlarida avariyaviy-tiklash ishlarini amalga oshirish chog‘ida o‘zaro yordamni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar muhokama etildi va tasdiqlandi. Majlis ishtirokchilari Hamdo‘stlik davlatlari energetika tarmog‘ining ishonchli va samarali ishlashini ta’minlashda integratsiya aloqalarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishini alohida qayd etdilar.

MDH Elektr energetika Kengashining Ijroiya qo‘mitasi raisi Ye.S. Mishuk MDH Elektr energetika Kengashining 2016 yil bo‘yicha hisobotini o‘qib eshittirdi.

MDH Elektr energetika Kengashining a’zolari majlis yakunlari bo‘yicha protokol qarorlarni imzoladilar.

Ma’lumot o‘rnida: MDH Elektr energetika Kengashining asosiy vazifalari va faoliyatiga quyidagilar kiradi:

- MDHga a’zo davlatlarning elektr energetika, shu jumladan kollektiv energetika xavfsizligini ta’minlash sohasidagi integratsiyasining prinsiplari va yo‘nalishlari to‘g‘risida takliflar ishlab chiqish;

- Hamdo‘stlikning tegishli davlatlararo organlari bilan birgalikda MDHga a’zo davlatlar umumiy elektr energetika bozorining faoliyat yuritishini ta’minlashning iqtisodiy va huquqiy shartlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

- energetika sohasidagi xalqaro shartnomalarni tayyorlashda ishtirok etish;

- MDHga a’zo davlatlarning elektr energetika tizimlari parallel ishlashining texnik qoidalarini tartibga solish;

- MDHga a’zo davlatlarga elektr energetika sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni unifikatsiyalash va uyg‘unlashtirishda yordam ko‘rsatish;

- MDHga a’zo davlatlarning manfaatlari yo‘lida xalqaro aloqalarni rivojlantirish hamda xalqaro energetika tashkilotlari ishida ishtirok etish va boshqalar.

 









Manba: не указан
Просмотров: 126

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish