Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
19 Oct 2018

Ơzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi doirasida Rossiyaning nufuzli oliy ta'lim muassasalari va respublikamizdagi oliy ta'lim muassasalari ơrtasida malakali mutaxassislarni hamkorlikda tayyorlash maqsadida qơshma loyihalarni amalga oshirish bơyicha kơplab shartnomalar imzolanmoqda.

19 oktyabr kuni "MEI" (Moskva Energetika instituti) Milliy tadqiqotlar universitetining rektori N.D.Rogalev, Ơzbekiston Respublikasi Oliy va ơrta maxsus ta'limi vaziri I.U. Majidov hamda "Ơzbekenergo" aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi U.M.Mustafoev ơrtasida "MEI" (Moskva energetika instituti) Milliy tadqiqotlar universitetining Toshkent shahridagi filialini ochilishiga tayyorgarlik kơrish tơğrisida Kelishuvni imzolash marosimi bơlib ơtdi.

Toshkentda mazkur universitet filialining ochilishi:

- energetika sohasida muhim ilmiy-texnikaviy vazifalarni yechish imkoniga ega kadrlarni tayyorlash;

- elektr energiya tizimida tejamkorlikni oshirishga yơnaltirilgan innovasion loyihalarni amaliyotga tadbiq etish;

- energetika sohasida jahon andozalariga mos innovasion tadqiqotlarni olib borish;

- tizimda va ishlab chiqarishning boshqa sohalarida elektr texnikalarining ekspluatasiyasida samaradorlikni oshirish bơyicha ishlanmalarni tadbiq etish kabi yơnalishlarni ơz ichiga oladi.

Ma'lumot ơrnida: "MEI" (Moskva energetika instituti) Milliy tadqiqotlar universiteti Rossiyaning nufuzli oliygohlaridan biri hisoblanib 1930 yilda tashkil etilgan. Mazkur oliy ơquv yurti energetika, elektrotexnika, elektronika, informatsion texnologiyalar hamda radiotexnika kabi sohalarga mutaxassislar etishtirib chiqaradi.
Manba: "O`zbekenergo" AJ axborot markazi
Просмотров: 204

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech