Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
2 Apr 2019

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, elektr energiyasi shartnomada ko‘rsatilganidan 5 foizdan ko‘p iste’mol qilinganda, iste’molchilardan (maishiy iste’molchilardan tashqari) ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun belgilangan tarifning 1,15 baravari miqdorida to‘lov undiriladi. Ilgari, bir yarim baravari miqdorida undirilgan.

Shuningdek, iste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib berish faqat 100 foizlik oldindan haq to‘lash asosida emas, balki hisob-kitobni 50 foiz oldindan haq to‘lash asosida amalga oshirish xohishini bildirgan iste’molchilar – yuridik shaxslar hisob-kitob amalga oshiriladigan davrni ko‘rsatib, hisob-kitob davri boshlanishidan kamida 5 kun oldin bildirgi tartibida Byuroga murojaat qilgan holda, avans to‘lovini kiritish huquqiga ega bo‘lishdi.

Oldindan haq to‘lanmagan, 50 foizlik haq to‘laydigan iste’molchilar tomonidan oy oxirigacha yakuniy haq to‘lanmaganda, mazkur iste’molchilarga nisbatan elektr tarmoqlaridan to‘liq uzishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.

Shu bilan birga, amaldagi tarif o‘zgargan taqdirda, maishiy iste’molchilardan tashqari, iste’molchilar elektr energiyasi (shu jumladan, aktiv va reaktiv energiya)ning avans tariqasida to‘langan hajmi uchun to‘lov kunidan boshlab keyingi 2 oydan ortiq bo‘lmagan muddatda, maishiy iste’molchilar esa – o‘z xohishiga ko‘ra, keyingi 6 oydan ortiq bo‘lmagan muddatda qo‘shimcha to‘lov to‘lashdan ozod etiladi.

Ilgari bu muddat 12 oyni tashkil etgan.
Manba: "O`zbekenergo" AJ axborot xizmati
Просмотров: 414

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech