Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
17 Jan 2019

“O‘zbekenergo” AJda Axborot kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish uchun keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Davlatimiz rahbarining 2018 yil 23 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, o‘tgan yil 30 noyabrda Toshkent shahrida Janubiy Koreyaning «KT Corporation» kompaniyasi bilan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini, SCADA – avtomatlashtirilgan dispetcherlik tizimi hamda axborot boshqaruv tizimlari (ERP) boshqariladigan yagona respublika ma’lumotlarni qayta ishlash markazini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolangan edi. Ushbu Markazda yetakchi ishlab chiqaruvchilarning eng zamonaviy uskunalaridan foydalanish ko‘zda tutilgan.

Hozirda elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash bo‘yicha energetika tizimining barcha korxonalarini, hamda barcha elektr energiyasi iste’molchilarini qamrab oladigan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish buyicha ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, SCADA – avtomatlashtirilgan dispetcherlik tizimini joriy etish bo‘yicha ishlari boshlandi.

Ushbu ma’lumotni qayta ishlash markazi elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi loyihasining 1 bosqichi (Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatida) amalga oshirilishi davomida Osiyo taraqqiyot bankining iqtisod qilingan mablag‘lari hisobidan tashkil etiladi va 2019 yil 1 sentyabrgacha ishga tushirilishi mo‘ljallangan.

Bundan tashqari, SCADA – avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi tizimini yaratishni moliyalashtirish masalalarini hal qilish maqsadida joriy yilning 11 yanvar kuni “Eximbank”ning Seuldagi bosh ofisida “O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Jahongir Obidjonov va “Eximbank” direktori Von Suk Xa o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish yakunida tegishli tadqiqotlar o‘tkazish va yuqori malakali xorijiy maslahatchilar yordamida loyihaning texnik-iqtisodiy asosini tayyorlash uchun grant ajratish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Ushbu loyihaning texnik-iqtisodiy asosi ma’qullanganidan so‘ng “Eximbank” loyihaga 20 yil muddatga imtiyozli kredit ajratadi.

E’tiborli jihati, SCADA – avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi tizimining joriy etilishi elektr qurilmalari ish rejimining optimallashtirilishi va inson omili tufayli yuz beradigan avariyaviy o‘chishlar oldi olinishi orqali iste’molchilarning elektr energiyasi bilan ta’minlash ishonchliligini oshirishga yordam beradi.
Manba: "O`zbekenergo" AJ axborot xizmati
Просмотров: 479

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech