Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
0
Tadbirkorlik sub’ektlarini elektr tarmoqlariga
foydalanishga tayyor holda ulash tartibi to‘g‘risida

NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom tadbirkorlik sub’ektlarini elektr tarmoqlariga foydalanishga tayyor holda ulash tartibini belgilaydi.

Ushbu Nizom talablari:

  • belgilangan tartibda amalga oshiriladigan loyihalashga, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarishga hamda ichki elektr ta’minotidan foydalanishga;

  • tadbirkorlik sub’ektlarini 35 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga belgilangan tartibda ulashga;

  • loyiha-smeta hujjatlarida tashqi va ichki elektr ta’minoti tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish nazarda tutilgan ob’ektlarga tatbiq etilmaydi.

2. Tadbirkorlik sub’ektlarini elektr tarmoqlariga foydalanishga tayyor holda ulash (keyingi o‘rinlarda foydalanishga tayyor holda ulash deb ataladi) ishlarning quyidagi bosqichlaridan iborat bo‘ladi:

  • foydalanishga tayyor holda ulash uchun shartnoma tuzish;
  • texnik shartlarni ishlab chiqish;
  • elektr tarmoqlari trassalarini o‘tkazish (VL, KL, TP maydonchalari) uchun er uchastkasi tanlash yoki ularda qo‘shimcha simlar o‘tkazish yoki ularni rekonstruksiya qilish uchun mavjud elektr tarmoqlari konstruksiyalaridan foydalanish dalolatnomasini tuzish;
  • tashqi elektr ta’minoti loyihasini ishlab chiqish va vakolatli organlar bilan kelishish;
  • qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshirish;
  • hisobga olish priborini o‘rnatish;
  • elektr ta’minoti shartnomasini tuzish.

3. Foydalanishga tayyor holda ulash ishlari hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan, tadbirkorlik sub’ekti bilan tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Foydalanishga tayyor holda ulash ishlari qiymati shartnoma asosida aniqlanadi va belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilgan tashqi elektr ta’minoti loyihasiga binoan aniqlashtiriladi.

4. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi foydalanishga tayyor holda ulash ishlarini amalga oshirish jarayonida subpudrat asosida loyihalashni, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish uchun ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb etish huquqiga ega.

II. Foydalanishga tayyor holda ulash bo‘yicha shartnomani rasmiylashtirish

5. Tadbirkorlik sub’ektlari foydalanishga tayyor holda ulash uchun tuman (shahar) tadbirkorlik sub’ektlariga (yagona darcha) tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi yagona markazlarga (keyingi o‘rinlarda «yagona darcha» markazlari deb ataladi) qonunchilikda belgilangan shakl bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun ariza bilan belgilangan tartibda murojaat qiladilar.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

  • ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha texnik shartlar olish uchun tadbirkorlik sub’ektining elektr qurilmasini tavsiflovchi ma’lumotlar;

  • geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxs tomonidan beriladigan er uchastkasining M1:500 masshtabdagi topografik xaritasi.

Tadbirkorlik sub’ektidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

6. «YAgona darcha» markazi ariza qabul qilingan kun mobaynida uni ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni ilova qilgan holda hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga yuboradi.

7. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi «yagona darcha» markazidan ariza tushgan kundan boshlab 5 kun mobaynida:

  • tadbirkorlik sub’ektining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashning texnik imkoniyatini joyiga borgan holda o‘rganadi;

  • «yagona darcha» markaziga tadbirkorlik sub’ekti nomiga rasmiylashtirilgan foydalanishga tayyor holda ulash bo‘yicha shartnomani beradi.

8. «YAgona darcha» markazi hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan foydalanishga tayyor holda ulash bo‘yicha shartnoma olingandan keyin 5 kun mobaynida tadbirkorlik sub’ekti tomonidan ushbu shartnoma tuzilishini ta’minlaydi va shartnoma taraflariga bir nusxadan taqdim etadi;

Tadbirkorlik sub’ekti ko‘rsatib o‘tilgan muddat mobaynida «yagona darcha» markaziga kelmaganda yoki u foydalanishga tayyor holda ulash bo‘yicha shartnoma tuzishni rad etganda «yagona darcha» markazi bir kun muddatda bu to‘g‘rida hududiy elektr tarmoqlari korxonasini xabardor qiladi.

9. Foydalanishga tayyor holda ulash bo‘yicha shartnoma belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy shartnoma asosida tuziladi.

10. Foydalanishga tayyor holda ulash bo‘yicha shartnoma tuzilgandan keyin tadbirkorlik sub’ekti (buyurtmachi) hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga (pudratchiga) shartnomada ko‘rsatilgan miqdorda avans to‘lovini o‘tkazadi.

Avans to‘lovlarining tushishi foydalanishga tayyor holda ulash ishlarini hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan boshlash uchun asos hisoblanadi.

III. Foydalanishga tayyor holda ulash ishlarini tashkil etish

11. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi texnik shartlar asosida tashqi elektr ta’minoti loyihasini ushbu Nizomning 3-ilovasida nazarda tutilgan muddatlarda tayyorlaydi va uni kelishish uchun «O‘zdavenergonazorat» inspeksiyasiga yoki uning hududiy bo‘linmalariga, shuningdek tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limiga (boshqarmasiga) yuboradi.

12. «O‘zdavenergonazorat» inspeksiyasi yoki uning hududiy bo‘linmalari, tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi) tashqi elektr ta’minoti loyihasi tushgan kundan boshlab 5 kungacha muddatda uni kelishadi yoki hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga loyihani kelishishning rad etilganini rad etishning asoslangan sabablarini ko‘rsatgan holda yuboradilar.

Tashqi elektr ta’minoti loyihasini kelishishni uning maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tashqi elektr ta’minoti loyihasini kelishishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda loyihani vakolatli organlar tomonidan takroriy ko‘rib chiqish loyiha olingan kundan boshlab 3 kundan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi.

Tashqi elektr ta’minoti loyihasini vakolatli organlar tomonidan kelishish to‘lov undirilmasdan amalga oshiriladi.

13. Elektr qurilmalarining so‘ralayotgan quvvati 10 kVt.gachani tashkil qilgan taqdirda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan hisob-kitob-montaj sxemasi ishlab chiqiladi, u tashqi elektr ta’minoti loyihasi hisoblanadi va uni kelishish talab qilinmaydi.

14. Tashqi elektr ta’minotining kelishilgan loyihasi olingandan keyin hududiy elektr tarmoqlari korxonasi qurilish-montaj ishlarini bajarishga kirishadi.

Hisobga olish priborini o‘rnatgan holda qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish ushbu Nizomning 2-ilovasida nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshiriladi.

IV. Tashqi elektr ta’minotini foydalanishga qabul qilish

15. Tashqi elektr ta’minotini foydalanishga qabul qilish «O‘zdavenergonazorat» inspeksiyasi yoki uning hududiy bo‘linmasi inspektori tomonidan, tadbirkorlik sub’ektining va hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.

16. Tashqi elektr ta’minotini foydalanishga qabul qilish tadbirkorlik sub’ekti va «O‘zdavenergonazorat» inspeksiyasi yoki uning hududiy bo‘linmasi tomonidan, hududiy elektr tarmoqlari korxonasining uning foydalanishga tayyorligi to‘g‘risidagi yozma xabarnomasi olingan kundan boshlab 3 kun mobaynida amalga oshiriladi.

17. Elektr qurilmalarining so‘ralayotgan quvvati 10 kVt.gachani tashkil qilgan taqdirda tashqi elektr ta’minotini foydalanishga qabul qilish va iste’molchining elektr qurilmalarini foydalanishga qabul qilishga «O‘zdavenergonazorat» inspeksiyasining yoki uning hududiy bo‘linmasining ruxsatini olish talab qilinmaydi.

18. «O‘zdavenergonazorat» inspeksiyasining inspektori tomonidan tashqi elektr ta’minotini foydalanishga qabul qilib olishda texnik shartlardan, tashqi elektr ta’minoti loyihasidan, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalaridan chekinishlar aniqlangan taqdirda iste’molchining elektr qurilmalarini foydalanishga qabul qilish uchun ruxsatnoma aniqlangan chekinishlar bartaraf etilgandan keyin beriladi.

19. Tashqi elektr ta’minotini foydalanishga qabul qilish ishlari tugallangandan keyin hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tadbirkorlik sub’ektiga quyidagi hujjatlarni bir nusxadan beradi:

  • texnik shartlar;
  • tashqi elektr ta’minoti loyihasi;
  • hisobga olish priborlarini tekshirish va plombalash dalolatnomasi;
  • qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash hujjatlari;
  • elektr ta’minoti shartnomasi.

V. Elektr ta’minoti shartnomasini tuzish

20. Ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan holatlardan tashqari, tashqi elektr ta’minotidan foydalanishga ruxsatnomaning mavjudligi elektr ta’minoti shartnomasini tuzish va tadbirkorlik sub’ektlarining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash uchun asos hisoblanadi.

21. Elektr ta’minoti shartnomasi hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan tadbirkorlik sub’ekti o‘rtasida ikki nusxada, har qaysi taraf uchun bir nusxadan tuziladi.

VI. YAkunlovchi qoidalar

22. Foydalanishga tayyor holda ulash ishlari ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.

23. Elektr ta’minoti shartnomasini tuzmasdan elektr energiyasi etkazib berishni amalga oshirish taqiqlanadi.

24. Ushbu Nizomning talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.


Tadbirkorlik sub’ektlarini elektr tarmoqlariga foydalanishga
tayyor holda ulash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

Tadbirkorlik sub’ektining texnik shartlar
olish uchun elektr qurilmasini tavsiflaydigan

Ma’lumotlar

  ‎‎

1. Ulanadigan quvvat‎‎‎‎‎






kVt‎‎


2. Elektr qurilmalarini o‘rnatish qoidalariga

1-toifa‎‎






kVt‎‎

muvofiq elektr ta’minoti bo‘yicha ishonchlilik

2-toifa‎‎‎‎






kVt‎‎ ‎‎

toifasi‎‎‎‎‎‎‎‎‎

3-toifa‎‎‎‎






kVt‎‎ ‎‎

‎‎

3. Elektr qurilmasini foydalanishga topshirish muddati‎‎








oy‎‎

yil‎‎

4. Ushbu ma’lumotlarga quyidagilar ilova qilinadi:‎‎

1.‎

varaq‎‎

2.‎

varaq‎‎‎‎

3.‎

varaq‎‎‎‎

4.‎

varaq‎‎‎‎

5.‎

varaq‎‎‎‎

‎‎

5. Men ________________________________________________________________________‎‎

(tadbirkorlik sub’ektining familiyasi, ismi, otasining ismi)‎‎

_____________________________________________________________________________
‎barcha taqdim etilgan ma’lumotlarning ishonchliligini tasdiqlayman‎‎.

‎‎

‎‎________________________
‎imzo

Tadbirkorlik sub’ektlarini elektr tarmoqlariga foydalanishga
tayyor holda ulash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan tashqi elektr ta’minoti loyihasini tayyorlash, shuningdek qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish

Muddatlari

Kuchlanish

Quvvati

Muddatlari

I. Tashqi elektr ta’minoti loyihasini tayyorlash

1 kV gacha

10 kVt va undan ortiq

15 kungacha

6 — 10 kV

20 kungacha

II. Qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish

1 kV gacha

10 kVt va undan ortiq

15 kungacha

6 — 10 kV

30 kungacha

Tadbirkorlik sub’ektlarini elektr tarmoqlariga foydalanishga
tayyor holda ulash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA

Tadbirkorlik sub’ektlarini elektr tarmoqlariga foydalanishga tayyor holda ulash

SXEMASI